Xorijiy Matbuot sharhlari 22.06.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

997452
Xorijiy Matbuot sharhlari 22.06.2018

Rossiyaning TASS axborot agentligi: Turkiya 2019-yili Antarktida ilmiy baza tashkil etmoqchi.

Eronning Fars axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an o’zbekistonlik kasbdoshi Shavkat Mirziyoyev bilan bo’lgan telefon orqali muloqatida, ikkala mamlakatning turli tarmoqlardagi hamkorligining orttirilishiga e’tibor qaratdi.

Angliyaning Reuters axborot agentligi: Turk Qurolli kuchlari Suriyaning shimolida PKK/ YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Manbijda mustaqil ravishda patrullik qilish faoliyatini boshladi.

Germaniyaning “Deutsche Welle” (DW) internet sayti: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li PKK/ YPG/ PYD terror tashkilotining 4-iyuldan e’tiboran Suriyaning Manbij mintaqasidan chiqib keta boshlashini ma’lum qildi.

Italiyaning ANSA nashr organi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyada uchinchi atom elektr stansiyasining ham qurilajagini ma’lum qildi.

Eronning Fars axborot agentligi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura Eron, Turkiya va Rossiya vakillarini takror Jenevaga taklif qilmoqchi ekanligini bildirdi.

Rossiyaning Sputnik axborot agentligi: Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik, Yevropada keng tarqagan o’ta o’ng qanot guruhlarni nazarda tutgan holda, “Yevropaning DEAShi o’ta o’ng qanotdir” dedi.

Amerika ovozi: Turkiyadagi Prezidentlik va parlament saylovi munosabati bilan chet elda yashagan 3 million 47 ming saylovchining yarmiga yaqini ovoz berdi. Saylovchilarning 49 foizini tashkil etgan ushbu raqam bilan bu bo’yicha rekord o’rnatildi.

Xitoyning Xinhua axborot agentligi: Yoz oylarida shimoliy-sharq Anado’lining tog’lik hududi, betakror tabiiy go’zalliklari va tarixiy boyliklari bilan xitoylik sayyohlar tomonidan kashf etilishni kutmoqda.  

Londonda arab tilida nashr etilib, arab dunyosida keng tarqatilgan “ash-Sharq al-Avsat” xalqaro gazetasi: Dunyoning eng yirik kemasi shu bilan uchinchi marotaba Istanbul bo’g’ozidan o’tdi. “Pioneering Spirit” kemasi Qora dengizda, Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining terang suvlardagi qismini joylashtiradi.

Bosniya va Gertsegovinaning turizm va axborot portali: Turkiya bilan Bosniya va Gertsegovina o’rtasidagi savdo hajmi 2003-yildan beri 10 barobarga ortib, bugungi kunda 700 million AQSh dollariga yetdi.

 



Aloqador xabarlar