Haftalik xorij matbuotidan sharhlar 25.05.2018

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi xabarlar...

Haftalik xorij matbuotidan sharhlar 25.05.2018

 

Turkish American veb portali: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an dunyoning taqdirini BMT xavfsizlik kengashining 5 ta doimiy a’zosiga tashlab qo’ymasligini ma’lum qildi.

TASS Xabar Agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an falastinliklarni himoya qilish uchun mamlakatga tinchlik kuchi jo’natilishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

Germaniya DW Internet sayti: Yevropadagi turklar o’tgan hafta Sarayevoda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashdi. Erdo’g’an yevropalik turklarni yashab kelayotgan davlatning fuqaroligini olishi mumkinligini, biroq o’z madaniyatini saqlab qolishga chaqirdi.

Qrim QHA Xabar Agentligi: Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 2016 yilning 15 iyulida hukumatni to’ntarishga kirishgan isyonchi harbiylarni himoya qilgan Yunoniston sudi 15 iyul qurbonlarining huquqlarini oyoq osti qilganligini bildirdi.

Yaponiyaning Kyodo xabar agentligi:  Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bosniya-Gersegovinaga investitsiya kiritishga va’da berdi.

Turkish American veb sayti: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an dunyoni yadroviy qurollardan tozalash kerakligini ta’kidladi.

Ria Novosti xabar agentligi: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.

AP xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni yakshanba kuni bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlaridagi g’alabasi bilan tabrikladi.

Turkish American veb sayti: Siyosat, iqtisodiyot va jamiyat tadqiqotlari vaqfining Vashingtondagi vakolatxonasi direktori Kadir Ustun AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko’chirgan holda Yaqin sharqda betaraf vositachilik ro’lini qo’ldan boy berganligini ma’lum qildi.

AzerTaj xabar agentligi: Turkiyaga tashrif buyurgan Ozarbayjon diasporasidan mas’ul davlat qo’mitasi rahbari Fuat Murodov Turkiya Oliy majlis spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi.

Ismoil Qahramon: “Armanistonning ishg’oli ostidagi Qorabog’ masalasi bizning milliy masalamizdir”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: Turkiya , matbuot , xorij , xabar sayti , gazeta

Aloqador xabarlar