Xorijiy Matbuot sharhlari 18.05.2018

Oxirgi bir hafta mobaynida, chet el nashrida, Turkiya haqida o'rin olgan ba'zi yangiliklarning qisqacha to'plami.

Xorijiy Matbuot sharhlari 18.05.2018

AP axborot agentligi: “Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Amerika Qo’shma Shtatlarining xalqaro hamjamiyatni nazar-pisand qilmagan holda “huquq va adolatga” hurmatsizlik qilganligini ifoda etdi”.

AQShning “Turkish American” veb sayti: “Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tarix va insoniyatning falastinliklarga qilingan nohaqliklarni aslo kechirmasligini qayd etdi”.

AQShning “Turkish American” veb sayti: “Turkiya dam olish kuni Fransiya poytaxti Parijda uyushtirilgan teraktni qoraladi”.

Rossiyaning “Sputnik” internet sayti: “Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush yilning birinchi choragida sayyohlar soni va turizm daromadi bo’yicha rekord o’rnatilganligini belgilab o’tgan holda, bu yil 40 million sayyoh va 32 milliard dollar turizm daromadi qo’lga kiritilajagini ma’lum qildi”.

Eronning “Fars” axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Angliya Bosh vaziri Theresa May bilan uyushtirgan matbuot anjumanida “Isroil ishg’olchi va bir terror davlatidir” dedi.

Fransiyaning “Euronews” axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Angliyaga bo’lgan amaliy tashrifi chog’ida Angliya Premer-ligasida o’ynagan turk futbolistlardan Jenk Tosun, Mesut O’zil va Ilkay Gundog’anni qabul qildi”.

Angliyaning “Reuters” axborot agentligi: Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va turmush o’rtog’i Emine Erdog’an Angliyaga bo’lgan amaliy tashrifi doirasida poytaxt Londonda Buckingham Saroyida qirolicha Elizabeth tomonidan kutib olindi.

Germaniyaning “Deutsche Welle” (DW) internet sayti:Prezident Rajap Tayyip Erdog’an G’azoda onlab falastinlikning Isroil askarlari tomonidan shahid qilinishiga e’tiroz bildirdi. Erdog’an shu doirada, “Isroilning qilganlari genotsiddir” dedi.

Eronning “Parstoday” radio va internet sayti: Turkiya, G’azoda qatliomga qo’l urgan ishg’olchi kuch Isroil elchixonasidan Anqarani tark etib, yurtiga qaytishini talab qildi.   

AQShning “Turkish American” veb-sayti: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo bilan 4-iyunda Vashingtonda uchrashuv o’tkazadi”.

Eronning “IRNA” axborot agentligi: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Isroil tomonidan bosib olingan tuproqlarda, ayniqsa G’azoda qo’l urilgan jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerak” dedi.

 



Aloqador xabarlar