Xorijiy matbuot sharhlari 09.02.2018

Xorij matbuotidan sharhlar...

Xorijiy matbuot sharhlari 09.02.2018

 

Eron fors xabar agentligi: Eron milliy tabiiy gaz kompaniyasi direktori Hamid Riza Iroqiy Eronning Turkiyaga bo’lgan tabiiy gaz bo’yicha qarzini to’lashdagi kelishmovchiligi bartaraf etilganligini xabar qildi.

Fransiyaning AFP xabar agentligi: Davlat tashrifi bilan Vatikanga safar qilgan Turkiya prezidebti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi.

Gruziyaning Interpressnews xabar agentligi: Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotidan maqsad Turkiya milliy xavfsizligini saqlash ekanligini ma’lum qildi.

Amerika ovozi internet sayti: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Amerika tomonidan YPG terror tashkilotiga yetkazilgan harbiy yordam Turkiya-Amerika munosabatlariga putur yetkazganligini ma’lum qildi.

Germaniyaning DW internet sayti: Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bo’zdag’ Gollandiya bilan diplomatik munosabatlar davom etganligini ma’lum qildi.

Amerika ovozi internet sayti: Turkiyadan Amerikaga ogohlantiruv: “Terrorist kiyimida bo’lgan kim bo’lishidan qat’iy nazar nishonga olinadi”.

Qrim xabar agentligi: Turkiya kurash bo’yicha xalqaro maydonda 92 yilda olimpiada, jahon va Yevropa chempionatlarida jami 1512 medalni qo’lga kiritib, jahon bo’yicha eng ko’p medal sohibi bo’lgan davlatlar qatoridan joy oldi.

Germaniyaning DPA xabar agentligi: Yevropa Ittifoqi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anni 26 mart kuni Bolgariyaning Varna shahrida o’tkaziladigan sammitga taklif etdi.

AP xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh harbiylarini Munbichni tark etishga chaqirdi.

Germaniyaning DW internet sayti: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li AQSh kotibi Reks Tillersonning Turkiya tashrifi chog’ida AQShning terror tashkiloti PYDga harbiy yordam yetkazishni to’xtatish masalasini muhokama qilamiz dedi.

Amerika ovozi radiosi: Turkiya prezidentlik voizi Ibrohim Kalin Turkiya uchun vizasiz rejim joriy etish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan qo’yilgan 72 ta shartning barchasi bajarilganligini ma’lum qildi.

Qrim xabar agentligi: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot o’tkazdi. Muloqotda Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi.

Eronning Fors xabar agentligi: Eron prezidenti Hasan Ruhoniy: “Turkiya bilan munosabatlarni rivojlantirish Eronning eng muhim siyosatidir”,-dedi.

7 fevral kuni Turkiya va O’zbekiston prezidentlari telefon orqali muloqot o’tkazdi deb yozadi  Fors xabar agentligi.

Suhbat chog’ida, Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi aloqalarni har sohada izchil rivojlantirish bo’yicha fikr almashildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: xabarlar , xabar sayti , gazeta , Turkiya

Aloqador xabarlar