Xorijiy Matbuot sharhlari 06.12.2017

Xorij matbuotida Turkiya haqida o'rin olgan muhim ma'lumotlar to'plami.

Xorijiy Matbuot sharhlari 06.12.2017

Angliyaning Reuters axborot agentligi: “Erdog’an: Turkiya Quddus yuzasidan Isroil bilan bo’lgan aloqalarini uzishi mumkin”. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an agar AQSh Quddusni rasmiy ravishda Isroilning poyaxti deb tan oladigan bo’lsa unda Anqaraning Isroil bilan bo’lgan diplomatik aloqalarini uzishi mumkinligini qayd etdi. Erdog’an shu doirada: “Hurmatli Trump, Falastin xalqining yarasi qonar chog’ida Isroilni qo’llab-quvvatlayotgandek bunday qarorning qabul qilinishi xalqaro huquq paymolidir. Bu vaziyat bizning Isroil bilan bo’lgan diplomatik aloqalarimizni uzishgacha olib borishi mumkin. AQShni, mintaqadagi muammolarni yana-da avj olishiga yo’l ochadigan bunday qadamlar tashlamasligi uchun ogohlantiraman” dedi.

Eronning Mehr axborot agentligi: “Ibrahim Kalin: AQShning Tel Avivdagi elchixonasini Quddusga ko’chirishi xavotirga soladi” dedi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin AQShning Tel Avivdagi elchixonasini Quddusga ko’chirish ehtimoli xavotirga yo’l ochganligini qayd etdi. Twitter orqali shu haqida bergan bayontida Ibrahim Kalin: Amerika Qo’shma Shtatlarining o’z elchixonasini Quddusga ko’chirishi haqida tarqatilgan ma’lumotlar xavotirga yo’l ochadi. Bu vaziyat batamom Quddusning diniy va tarixiy o’rniga, xalqaro shartnomalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorlariga javob bermaydi. Bu holat mavjud nozik vaziyatdagi Yaqin Sharq tinchlik jarayonini buzib o’rtada taranglik va to’qnashuvlarga yo’l ochadi. AQSh boshqaruvining bu dahshatli xatoga yo’l qo’ymayajagiga ishonchimiz komil” dedi.

Rossiyaning Rossiya ovozi radiosi: “Chavusho’g’li, NATO Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etish maqsadida hozirda Bryusselda”. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson bilan uchrashuv o’tkazadi. Uchrashuvda AQSh Prezidenti Donald Trumpning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotini qurol bilan ta’minlamaslik haqidagi majburiyati, Pentagonning esa YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minlanishi jarayoni qo’lga olinadi. Chavusho’g’li Bryusselda shuningdek, gretsiyalik kasbdoshi Nikos Kocias bilan ham uchrashuv o’tkazadi.

AQShning Amerika ovozi radiosining internet sayti: “Vashingtonda Turkiya haqida konferentsiya bo’lib o’tdi”. Amerika Qo’shma Shtatlari poytaxti Vashingtondagi Yaqin Sharq Instituti deb nomlangan axborot-analitik markazi Turkiya haqida konferensiya uyushtirdi. AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo’yicha o’rinbosari Jonathan Cohen, konferentsiyaning “Rossiya va G’arb o’rtasidagi Turkiya” deb nomlangan panelida Turk Amerika munosabatlarining har doim terang tuzilishda ekanligini ta’kidlab, o’rtadagi serhosil muloqat va diplomatik munosabatlarning davom ettirilishining ahamiyatini ta’kidladi. Cohen, Turkiyaning, NATO tarkibidagi eng yirik armiyaga ega davlatlar ro’yhatida ikkinchi o’rinda ekanligini belgilab o’tdi. Cohen o’z so’zida, suriyalik muhojirlarga o’z darvozalarini ochganligi uchun Turkiya hukumati va xalqining har qanday maqtovga loyiq ekanligini ham qayd etdi. 

 

 



Aloqador xabarlar