Xorijiy matbuot sharhlari 15.11.2017

Xorij matbuotida nashr qilingan Turkiya haqidagi xabarlar...

848039
Xorijiy matbuot sharhlari 15.11.2017

                        

 “Turkiya mesxeti turklarini qo’llab quvvatlaydi” deb yozadi Qrim xabar agentligi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi mesxeti turklarining surgun qilinganiga 73 yil to’lgani munosabati bilan yozma bayonot berdi.

“Bundan 73 yil muqaddam 1944 yilning 14 noyabr kuni ayollar, bolalar va keksalardan iborat bo’lgan taxminan 100 mingga yaqin mesxeti turklari ona vatani Gruziyaning Mesxeti hududidan Sovet ittifoqi tarkibidagi boshqa uzoq mamlakatlarga surgun qilindi. Bu ayanchli hodisani chuqur iztirob bilan yodga olamiz. Surgun jarayonida halok bo’lgan qardoshlarimizga Allohdan rahmat tilaymiz. Turkiya qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, mesxeti turklarini qo’llab quvvatlaydi”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

 

“Qishloq xo’jaligi vazirligi joriy yil oxirigacha eksport qilinadigan pomidor miqdorini aniqladi”,-deb yozadi Ria novosti xabar agentligi.

Rossiya qishloq xo’jaligi vazirligi joriy yil yakunigacha Turkiyadan import qilinadigan pomidor mahsuloti hajmini 50 ming tonnaga chiqardi. Bunga doir buyruq rasmiy qonunlar e’lon qilinadigan internet portalida namoyish qilindi.

Rossiya hukumati Turkiyadan pomidor import qilishni man qilish to’g’risidagi hujjatni 1 noyabr kuni bekor qilgan edi.

Rossiya sentyabr oyida esa, gulkaram, balgarskiy, kabachka, oktyabr oyida esa baqlajon va anor mahsuloti importiga ruxsat bergandi.

 

“Turk havo yo’llari katta foyda qo’lga kiritdi” deb yozadi Yunonistondagi Zaugla xabar agentligi.

Turk Havo yo’llari joriy yilning uchinchi choragida aniq menejment daromadi 939 mln dollarni tashkil qilganini, ushbu miqdor boshqa yillardagi uchinchi choraklarga nisbatan qo’lga kiritilgan eng katta yutuq ekanini ma’lum qildi.

Iqtisodiy ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yilning uchinchi choragida Turk Havo yo’llari 120 davlatda 49 nafari mahalliy, 251 nafari xorij yo’nalishida bo’lib, jami 300 nuqtaga reys amalga oshirdi.

Turkish Cargo firmasi esa, 2017 yilning uchinchi choragida guzargox sonini 55 dan 72 ga chiqardi.

Turkish Cargo firmasi oxirgi marta Osiyoda “Yilning eng yaxshi havo kargo firmasi” deb topildi.

 

“Onado’lida yangi antik shaharlar topildi” deb yozadi BBCning turkcha nashri.

Turkiyaning Kayseri viloyati yaqinlarida olib borilgan qazilma faoliyatlarida Bronza davridan qolgan 12 ming dona sopol yozuvlarni topishga muvaffaq bo’lgan arxeologlar minglab yil oldin Onado’lida qurilgan antik shaharlarning izini kashf qildi.

Mutahassis olimlar 4 ming yil oldin hozirgi Iroq territoriyasidan chiqqan asurlik savdogarlarning O’rta Onado’liga joylasha boshlaganini va mintaqada savdo bilan shug’ullanganini aniqladi.

AQShning milliy iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilingan ilmiy faoliyatlarda savdogarlar mol jo’natish, qarzlar va yangi tijorat shartnomalari yozilgan sopol yozuvlar asosida hali kashf qilinmagan juda ko’plab antik shaharlarni topish mumkinligini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar