Xorijiy matbuot sharhlari 08.11.2017

Xorij matbuotida chop etilgan Turkiya haqidagi xabarlar...

Xorijiy matbuot sharhlari 08.11.2017

                       

Turkish-Amerikan veb sayti: “AQShga kafolat berish huquq davlati tamoyillariga hilof” deb yozdi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQShning poytaxti Vashingtonga safari oldidan Ankara Esenbo’g’a aeroportida muhbirlarga intervyu berdi.

U intervyusida “AQShga kafolat berish yoki ularning bizga kafolat berishini talab qilish huquq davlati tamoyillariga to’g’ri kelmaydi”,-dedi.

Euronews xalqaro xabar kanali “Atak”, “Anka” va “Hurkush” harbiy vositalari Taylandda namoyish qilinganini ma’lum qildi.

Turk aviatsiya va koinot sanoati anonim shirkati ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ASEAN shirkatining manba bilan ta’minlovchilari ro’yxatiga kirishga harakat qilmoqda.

Turk aviatsiya va koinot sanoati anonim shirkati Tayland mudofaa va xavfsizlik yarmarkasida ishtirokchi davlatlarning vakillari bilan muzokara olib bordi.

Taylandga “Atak” vertolyotlariga doir taklif kiritildi.

Turkiyadan bir guruh delegatsiya kelgusi kunlarda Taylandga borib mavzuga doir muzokara olib boradilar.

Malayziya esa, “Anka” nomli uchuvchisiz havo vositasi bilan yaqindan qiziqmoqda.

Turk aviatsiya va koinot sanoati anonim shirkati bu mavzuda Malayziya vakillari bilan muzokara olib boradi.

ASEAN davlatlaridan tashqari, Janubiy Osiyo davlati Bangladesh “Anka”, qurolli va qurolsiz “Hurkush”, “Atak” vertolyotiga qiziqish ko’rsatmoqda.

Turk aviatsiya va koinot sanoati anonim shirkati 12-16 noyabr kunlari Dubayda bo’lib o’tadigan “Airshow” yarmarkasida o’z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

CNN xalqaro xabar kanali: “Dovn sendromli Muhammad Yevropada birinchi” sarlavhasi bilan xabar beradi.

Turkiyaning Denizli viloyatidan bo’lgan dovn sendromli sportchi Muhammad Shahin Fransiyaning poytaxti Parijda o’tkazilgan suzish bo’yicha chempionat musobaqalarida 200 metr masofani 4 daqiqa 41 soniyada bosib o’tib, Yevropa bo’yicha rekord darajaga erishdi va birinchilikni qo’lga kiritdi.

Bundan oldin ham bir qancha nufuzli xalqaro musobaqalarda katta yutuqlarni qo’lga kiritgan Muhammad Shahin medal bilan taqdirlandi.


Tanlangan kalimalar: gazeta , xabar , matbuot , xorij , Turkiya

Aloqador xabarlar