Xorijiy Matbuot Sharhlari 04.10.2017

Xorijiy matbuotida, Turkiya haqida o'rin olgan muhim yangiliklar to'plami.

Xorijiy Matbuot Sharhlari 04.10.2017

Germaniyaning “DPA” axborot agentligi: Prezident Erdog’an Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyatini yana bir bor ogohlantirdi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyatini, 25-sentabr kuni uyushtirgan noqonuniy referendumi yuzasidan yana bir bor ogohlantirdi. Erdog’an bu borada, “Agar IKMM tezlik bilan o’ziga kelmasa unda hech ikkilanmay kerakli javobni beramiz. Lekin umid qilamizki IKMM tez kunlarda xatosini anglab yetadi” dedi.

Rossiyaning “RIA” axborot agentligi: “Turkiya Eronga qaratilgan sanksiyalarga qarshi chiqdi”. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Anqaraning Eronga qaratiladigan sanksiya siyosatlariga qarshi ekanligini ma’lum qildi. Chavusho’g’li, “Eronning nohaq jihati bo’lsa tanqid qilyapmiz, to’g’ri bo’lsa qo’llab-quvvatlamoqdamiz. Eronga nisbatan snaksiya kiritish siyosati noto’g’ri albatta. Ba’zi mamlakatlar yoqtirmagan, yo’q qilmoqchi bo’lgan Eronni popisa qilishlik katta hatodir. Eron bizga dushman emas” dedi.      

AQShning “Associated Press” axborot agentligi: “Turkiya Ispaniyaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi. Tashqi Ishlar vazirligi voizi Husayin Muftuo’g’li Kataloniya muxtor viloyatida, 1-oktabr kuni mustaqil bo’lish uchun uyushtirilgan noqonuniy referendum to’g’risida gapirar ekan Turkiyaning, Ispaniyaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini eslatdi. Shuningdek, ikki tomonning ham Ispaniya qonunlariga amal qilishi va zo’rovonlikning oldini olishi kerakligini qayd etdi. Muftuo’g’li Turkiyaning, Ispaniyaning “bunday sinovlarni” tez kunlarda yengishiga ishonchi komil ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi.    

O’zbekistonning “Jahon” axborot agentligi: Toshkentda O’zbek-Turk Biznes forumi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo’mitasi bilan Istanbul Savdo palatasi hamkorligida poytaxt Toshkentda, “O’zbek-Turk” Biznes forumi uyushtirildi. Forumning ochilish marosimida avvalo O’zbekiston Bosh vaziri o’rinbosari Jamshid Qochqorov ortidan esa, Istanbul Savdo palatasi raisi Ibrohim Chag’lar bilan Toshkentdagi Turkiya elchisi Ahmet Bashar Shen nutq so’zladilar. Tomonlar ushbu Biznes forumida qo’shma loyihalarning yo’lga qoyilishi doxil bir necha tarmoqlardagi o’zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlikning rivojlantirilishi uchun tashlanadigan shaxdam qadamlarni baholadi.  

 



Aloqador xabarlar