Xorijiy Matbuot sharhlari 08.08.2017

Xorijiy matbuotda o'rin olgan Turkiya haqidagi ma'lumotlar to'plami.

Xorijiy Matbuot sharhlari 08.08.2017

Angliyaning Reuters axborot agentligi Erdog’anning, Germaniyaning terror tashkilotiga bo’lgan muomalasini tanqid qilganligi masalasiga to’xtaldi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an PKK terror tashkilotining faqatgina Germaniya tomonidan qo’llab-quvvatlanganligini qayd etdi. Turkiya Respublikasi Prezidenti shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdog’an Turkiyaning Rize viloyatida so’zlagan nutqida terror masalasiga to’xtaldi. Germaniyada o’tgan oyda Bosh vazirlik binosi oldidagi bir afishada o’rin olgan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz va o’zining rasmining o’rin olganligini shuningdek unda “Shu diktatorlarni o’ldirgan kishi, mana shu mashinaga ega bo’ladi” degan ifodalarni eslatgan Erdog’an, bu voqeaning Bosh vazirlik binosi oldida yuz berganligini va bu vaziyatni Germaniya politsiyasining tomosha qilganligini qayd etdi. Prezident Erdog’an huddi mana shu masalaga asoslangan holda Germaniya bilan Turkiyaning terror tashkilotiga bo’lgan muomalasini solishtirdi va natijada Germaniyaning terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidladi.      

AQSh Turkish American Web portali Turkiya bilan Afrika mamlakatlari o’rtasidagi 200dan ortiq shartnoma masalaga to’xtaldi. Bosh vazir o’rinbosari Hakan Chavusho’g’li Turkiya bilan Afrika mamlakatlari o’rtasida 200dan ortiq hamkorlik va protokolga qo’l qo’yilganligini qayd etdi. Chavusho’g’li Turkiya bilan Afrika o’rtasida qadimga borib taqalgan tarixiy munosabatlarning borligiga e’tibor qaratdi. Chavusho’g’li bu borada, “Hukumatimiz tomonidan yo’lga qo’yilgan Afrika loyihalari natijasida o’zaro uchrashuvlar ortib ta’lim, texnologik transfer, vizasiz rejim, kiber xavfsizlik, harbiy hamkorlik kabi ko’plab sohada Turkiya bilan Afrika mamlakatlari o’rtasida 200dan ortiq hamkorlik va protokolga qo’l qo’yildi” dedi.    

Rossiyaning Sputnik veb sayti mahalliy elektron pochta tizimi masalasiga to’xtaldi. Transport vaziri Ahmet Aslanning qayd etishicha kiber xavfsizlikga qarshi mahalliy elektron pochta tizimi ustida ish olib borilmoqda. Buning uchun 2017-yilning boshida kerakli faoliyatlarning boshlatilganligini eslatgan Transport vaziri buning 2018-yilning oxirigacha tamomlanajagini va ortidan eng avvalo davlat muassasalarining foydalanishiga topshirilajagini ifoda etdi. Ahmet Aslan bergan ma’lumotga ko’ra mamlakat fuqarolari ham mahalliy elektorn pochta tiziminidan foydalanish huquqiga ega bo’ladi.

Qatarning al-Jazeera telekanali, Turk Qizil yarim oy jamiyatining ikkinchi dala kasalxonasining Taizga yetkazib borilganligi masalasiga to’xtaldi. Yamandagi xavfsizlik kuchlari Turkiya tomonidan Taizga tortiq qilingan dala kasalxonasini tashigan beshta mashinaning bir necha soat ushlab turilishi ortidan o’z yo’lini davom etishiga ruxsat berdi. Turkiyaning Yamandagi urushdan ziyon ko’rgan insonlarga qaratilgan oziq-ovqat va sog’likni saqlash sohasida olib borilgan yordam miqdori 42 million AQSh dollariga yetgan vaziyatda. Olib borilgan bu faoliyatlar doirasida Turk Qizil yarim oy jamiyati Aden tumaniga avval bitta dala kasalxonasi tortiq qilgan edi. Endilikda ikkinchi dala kasalxonasi ham Taizga yetib bordi.   

 

 



Aloqador xabarlar