Xorijiy Matbuot sharhlari 14.06.2017

Turkiya Prezidenti  Rajab Toyyib Erdo’g’an, Qatarni  qo’shni  o’lkalar tomonidan chetlanishini qoraladi.

Xorijiy Matbuot sharhlari  14.06.2017

 

Buyuk Britaniya,  Reuters: Erdo’g’an, Qatarning  chetlanishi islomiy  emas dedi.”

Turkiya Prezidenti  Rajab Toyyib Erdo’g’an, Qatarni  qo’shni  o’lkalar tomonidan chetlanishini qoraladi. Bu  Islomi qadriyatlarga zid ekanini aytdi. Erdo’g’an, Adolat va taraqqiyot partiyasi guruh yig’ilishida so’zlagan nutqida, “ Qatar mavzusida  jiddiy bir  xatoga tushganlarini ko’ryapmiz. Bir o’lkaning xalqini har ma’noda chetlashga harakat qilish insoni emas, Islomi  hech  ham emas. Qatar  go’yo o’lim jazosi berilgan bir o’lka vaziyatida. Qatar, terror tashkiloti IShITga qarshi Turkiya bilan birga eng qarorli uslub namoyon etgan o’lkadir. Iftiro kompaniyalari bilan Qatarni aybdor kabi ko’rsatish mintaqaga  hech bir foydasi yo’q.”  deb ma’lum qildi. Erdo’g’an, Saudiya Arabiston, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan aloqalarini   uzib tashlab qattiq sanksiyalar tatbiq etishlaridan  sakkiz kun so’ngra  qilgan ushbu izohlar, Dohaning minatqaviy kuchli bir sherigi tomonidan qilingan en qattiq aralashuv sifatida

Italiya, Askanews: “ Erdo’g’an: Iroq  Kurd  mintaqaviy boshqaruvi mustaqilligiga  qarata bir referendum “ tahdiddir”

25-  sentabrda Iroq  Kurd  mintaqaviy boshqaruvida referendum o’tkazilishiga doir xabarga reaksiya ko’rsatgan Turk Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an, kecha qilgan izohida, “ Shimoliy Iroqning mustaqilligiga qarata qadam tashlash bir xatodir va Iroqning tuproq yaxlitligi uchun bir tahdiddir.” dedi. Bunday bir referendumning hech kimga  foydasi  bo’lmaydi” degan Erog’an, “ Iroqning tuproq yaxlitligini  har vaqt mudofaa qildik va mudofaa qilishda davom etamiz.” deb aytdi.

AQSh, AP: “ Bosh vazir: Turkiya Yevropa ittifoqi   a’zolik uchrashuvlariga  davom etmoqchi”

Turkiya Bosh vaziri o’lkasi, Yevropa ittifoqi (YI) bilan a’zolik uchrashuvlariga davom etmoqchi ekanini aytdi. Kecha Bolgariyalik hamkasb bilan o’tkazgan matbuoti anjumanida so’zga chiqqan Bosh vazir Binali Yildirim,

“ Turkiya sifatida Yevropa bilan to’laqonli   a’zolik muzokaralarini  davom ettirmoqchimiz. Bizda bu iroda mavjud.” Dedi Turkiya  bilan YI o’rtasida o’tgan yil imzolangan  vizasiz sayohat va Yevropaga emigrant o’tishiga to’siq bo’lish uchun qaytarib  qabul qilib olish  bitimim to’liq tatbiq etish imkoniyati yo’q degan Yildirim,  vizasiz sayohat va   qaytarib  qabul qilib olish  “ prinsipda “ ayni paytda kuchga kirishi kerak deb ma’lum qildi.

Rossiya, Ria Nosti: “ Moskvada 16- 18 iyun kunlarida Turkiya festivali o’tkaziladi”

Rossiyaning poytaxti Moskvadagi Krasnaya parkida 16- 18 iyun kunlari  Turkiya festivali o’tkaziladi. Mos.Ru saytida   yozishicha, tadbirga  ishtirok etadiganlarga, Turkiyaning madaniyati, tarixiy, tili va an’analari  tanitiladi.

Festival san’atlari qishlog’ini ham  kezadi. Haqiqiy Kappadokiya havo shari  bilan ucha oladi.  Sovg’alar  sotib olish mumkin . Qahva fali ko’rish mumkin. Turli dastgoh faoliyatlariga ishtirok eta oladi.

Festivalga Turkiyadan taniqli seriyal   Muhtasham  yuz yil aktyorlari bilan bir qatorda san’atkorlar  ishtirok etadi. Buning tashqarisida festival paytida 200 ta’til paketining qur’asi  ham chekiladi.

 

 



Aloqador xabarlar