Xorijiy matbuot sharhlari 08.02.2017

Rossiyada faoliyat ko’rsatgan Ria Novosti xabar agentligi: “Turkiya bilan Rossiya fevral oyida tashqi ishlar vazirlari darajasida yig’ilish o’tkazadi”

667906
Xorijiy matbuot sharhlari 08.02.2017

                            

Rossiyada faoliyat ko’rsatgan Ria Novosti xabar agentligi: “Turkiya bilan Rossiya fevral oyida tashqi ishlar vazirlari darajasida yig’ilish o’tkazadi” deb yozadi.

Xabarga ko’ra, mazkur yig’ilish kelgusi hafta Moskvada Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin boshchiligida o’tkaziladigan Turk-Rus oliy darajali hamkorlik kengashi muzokaralari doirasida amalga oshiriladi.

Yig’ilishga Turkiya nomidan Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umit Yardim, Rossiya nomidan esa, Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Aleksey Meshkov ishtirok etadi.

Ushbu yig’ilish Turk-Rus oliy darajali hamkorlik kengashi muzokaralariga tayyorgarlik sifatida mulohaza qilinmoqda.

Yig’ilishda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro aloqalar va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Reuters xabar agentligi: “Borliq fondi muhim poydevor loyihalarini moddiy ta’minlashga xizmat qiladi” deb yozadi.

Turkiya hukumati Turk Havo Yo’llari, banklar va Turk Telekomdagi milliardlab dollarlik hissalarini o’tgan yili poydevor loyihalarini moddiy ta’minlash uchun tashkil qilingan milliy fondga o’tkazdi.

Bosh vazir o’rinbosari Nurettin Janiklining aytishicha, Turkiyaning Milliy Borliq fondi mudofaa va aviatsiya sanoatidagi investitsiyalar vositasida, transport yo’llari va shifoxonalar kabi ulkan loyihalarni moddiy manba bilan ta’minlaydi.

Deutsche Welle media tashkiloti Turkiya bilan Yevropa davlatlari o’rtasidagi terroristlarni ekstraditsiya qilish muammosi Turkiya siyosatining asosiy mavzularidan biriga aylanganini yozdi.

Bu haqda Deutsche Wellega intervyu bergan Turkiya Oliy majlisi tashqi ishlar komissiyasi raisi Taha O’zxanning fikricha, bu masalada Yevropa ikkilanmoqda.

“Oshkora qon to’kkan terror tashkilotini himoya qilishga harakat qilmoqdalar. Bu na demokratiyaga, na ahloqqa to’g’ri keladi”,-deydi Taha O’zxan.

Ma’lumki, kuni kecha Turkiyaga tashrif buyurgan Germaniya Bosh vaziri Angela Merkelga Turkiyada jinoyatga qo’l urib Yevropaga qochgan terroristlarni Turkiyaga ekstraditsiya qilish talabi tilga olingan.

Agar Yevropa ekstraditsiya masalasini jiddiyga olmasa, Turkiya-Yevropa munosabatlari murakkab davrni boshidan o’tkazadi.

Shu sababli barcha Yevropa davlatlari o’zaro shartnomalarga amal qilgan holda harakat qilishi zarur.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #xabar agentligi , #Rossiya , #Turkiya , #xabar

Aloqador xabarlar