Xorijiy matbuot sharhlari 25.01.2017

AP xabar agentligi: “Turkiya Mozambikni Fathulloh Gulen tahdidiga qarshi ogohlantirdi”

658962
Xorijiy matbuot sharhlari 25.01.2017

 

AP xabar agentligi: “Turkiya Mozambikni Fathulloh Gulen tahdidiga qarshi ogohlantirdi”,-deb yozadi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an seshanba kuni Mozambik ziyorati chog’ida mamlakat rahbarini Turkiyada davlatni to’ntarishga uringan Fathulloh Gulen harakatiga qarshi ogohlikka chaqirdi.

Erdog’anning ta’kidlashicha, Fathulloh Gulen harakati a’zolari faoliyat ko’rsatgan xorij mamlakatlarida davlat boshqaruviga pinxona kirib olib, qora amallarini sodir qiladi.

“Mozambikning ba’zi hududlarida mavjud bo’lgan va butun dunyoga tarqalgan Fathulloh Gulen harakati qo’shinimizga, xavfsizlik kuchlarimizga va boshqa davlat tashkilotlari tarkibiga kirganidek, bu yerda ham ayni ishni qilishi mumkin. Buni bilishlarini xohlayman. Bu do’stona maqsadda aytilgan istakdir”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

ANSA xabar agentligi: “Rossiya, Eron va Turkiya sulh bitimi natijasini kuzatadi”,-deb yozadi.

Xabarga ko’ra, Rossiya, Turkiya va Eron hamkorlikda Suriyadagi sulh bitimi natijalarini kuzatib borish to’g’risida shartnoma imzoladilar.

Qozog’istonning poytaxti Astanadagi muzokaralarni tashkillashtirgan uch davlat mushtarak bildiruv matnida, sulh bitimini mustahkamlashtirish uchun o’z mas’uliyatidan foydalanishga va’da berdi.

Ushbu davlatlar Suriyadagi urush BMT xavfsizlik kengashi tomonidan nazarda tutilgan hukmlar asosida tinchliksevar yo’llar bilan hal qilinishi kerakligini aytar ekan, ayni paytda Suriyaning tuproq butunligiga va mustaqilligiga hurmat ko’rsatilishini tilga oldilar.

Shuningdek, shu yilning 8 fevral kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida o’tkaziladigan yig’ilishda Suriyadagi tomonlarning o’zaro munozara o’tkazishini, DAISh va Al Nusra kabi terror tashkilotlariga qarshi hamkorlikda kurash olib borishga tayyor ekanini ma’lum qildilar.

Ria novosti xabar agentligi: “Suriya muxolifati Astanadagi muzokaralarning natijalari haqida fikr bildirdi”,-deb yozadi.

Xabarga ko’ra, Suriya muxolifati delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Muhammad Allush matbuotga bergan bayonotida, Astanadagi Suriya muzokaralari mamlakatda tinchlik o’rnatishga konstitutsion zamin yaratishini ma’lum qildi.

“Sulh bitimiga to’xtaladigan bo’lsak, 30 dekabrdagi shartnoma asosida bizga ajratilgan majburiyatlarni zimmamizga oldik. Sulh bitimini mustahkamlashtirish va yangi konstitutsiyani tuzish vazifasi bizga topshiririldi”,-deydi muxolif delegatsiyaning rahbari.

IRNA xabar agentligi: “Rossiya va Turkiya Tashqi ishlar vazirlarining Astana muzokaralariga doir kelishuvi”, deb yozadi.

Xabarga ko’ra, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Astanada suriyalik tomonlar o’rtasida bo’lib o’tgan muzokara natijalarini baholadi.

“Lavrov va Chavushog’lu Suriya davlati bilan muxoliflar o’rtasida yuzma-yuz muzokaralarning davom etishining ahamiyatiga to’xtaldi. Qolaversa, Suriyada tinchlik o’rnatishning birgina yo’li tomonlar o’rtasida sulh bitimini ta’minlash ekanini bildirdilar”,-deya bayonot beradi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

 

 

 



Aloqador xabarlar