Xorijiy matbuot sharhlari 12.10.2016

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Iroqning ogohlantirovlariga javob berdi.

587990
Xorijiy matbuot sharhlari 12.10.2016

Italiyada nashr etilgan, Agenzia Nova: "Turkiya-Iroq aloqalarida, Erdo'g'an: Bosh vazir odob chegaralarini bilishi kerak, Musuldagi operatsiyalarni boshlatamiz" deb yoritmoqda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, Bashika lageridagi Turk Qurolli Kuchlarining Iroqdan bir buyruq olmasligini bildirib Iroq Bosh vaziri Haydar el Ibadini "Haddini bilishga" chaqirdi. 23. Dunyo Energiya Kongressi o'tkazilgan Istanbulda ayrim Musulmon o'lka liderlari bilan amalga oshirgan yig'lishlarda so'zlagan Erdo'g'an, "Iroq, Bashika mavzusida bizdan ayrim talablari bo'ldi va endi bazadan ketishimizni istaydilar, lekin Turk qo'shini, Bog'dotdan buyruq olmaydi" deb bayonot bildirdi. Turk qo'shinining Iroq Bosh vaziridan buyruq olmasligini ifoda etgan Erdo'g'an shuningdek "Turkiya Jerablusda bo'lgani kab, Musuldagi operatsiyalarga ham qatnashadi. Iroq Bosh vaziri avvalo o'z chegaralarini bilib olsun" deb ifoda etdi.

Germaniya DPA xabar agentligi: "Federal Germaniya qo'shini, Turkiyaga Deashga qarshi olib borgan vazifalarining ko'lamini kengaytirishi kerak" deb xabar qilmoqda. Federal Germaniyaning Turkiyada olib borgan harbiy faoliyatlarining muddatini, kutilgandan oldin uzaytirilishini va kengaytirilishini bildirdi. Kabinet, Deashga qarshi kurashda joy olishni nazarda tutgan qaror loyihasi bilan aloqali bugun qaror beradi. Bahs mavzusi qonun loyihasi Nemis askarlariga qo'shimcha sifatida AWACS kashfiyot samolyotlarining vazifa olishi kutilmoqda. Federal Germaniya Parlamenti bu qaror bilan aloqali oldin bo'lgani kabi Dekabr oyi emas undan oldin yani Noyabr oyi ovozga qo'yishi mumkin. Germaniya hanuz, 250 askar va 6 Tornado va 1 tanker samolyoti bilan Turkiyadagi havo bazasi Injirlikdan Suriya va Iroqdagi Deash makonlarini bombalashga dastak bermoqda.

Rossiya xabar agentligi Rioa Novosti: "Rossiya va Turkiya Energiya Vazirlari, Energiya sohasida hamkorlik mavzularini ko'zdan kechirdi" deb xabar qilmoqda. Turkiya Energiya va Tabiiy Boyliklar Vaziri Berat Albayrak bilan Dunyo Energiya Kongressida uchrashgandan keyin jurnalistlarga bayonot bergan Rossiya Energiya Vaziri Aleksandr Novak, Rossiya bilan Turkiyaning, Turk Oqimi tabiiy gaz quvur tarmog'i va Akkuyu atom stansiyasining qurilishi bilan bir qatorda neft va neft mahsulotlari yetkazishni nazarda tutgan shartnomaning kuchga kirishini muhokama qilganliklarini bildirid. Novak, "Energiya hamkorligi bilan aloqali mavzular va tabiiy gaz quvur tarmog'ining negizini qurishni nazarda tutgan hukumatlararo shartnoma bilan bir qatorda Akkuyuk yadro energiya stansiyasining qurilishi uchun tashlanadigan qadamlarni ham muhokama qildik" dedi.

Ingliz xabar agentligi AP, "Chet elliklarni dushman ko'rib hujum qilganlar soni ortar ekan, Turk student ham Polshada hujumda uchradi" deb xabar qilmoqda. Polshaning Torun shahrida, Nicolaus Copernicus Universitetida o'qigan bir Turk fuqarosi shahar markazida bir savdo markazida haqoqarga uchragan. O'lka bo'ylab xorjliklarga dushmanlik ortib borar ekan bu hodisa ham bunlardan biri. Uniersitetdan bir vakil, insonlar o'zlarini xafsiz his etmasa Universitetlar studentlarini boy berishga davom etadi va buning jamiyatga zarar berishidan qayg'uli ekanini izohladi. O'tgan oy Varshovada bir Universitet domlasi, Nemis tilida so'zlagani uchun tramvayda do'poslangan edi" deb xabar qilmoqda.



Aloqador xabarlar