Xorijiy matbuot sharhlari 08.06.2016

Xorij mediasida nashr qilingan Turkiya haqidagi yangiliklar...

506525
Xorijiy matbuot sharhlari 08.06.2016

 

“Turk Qurolli Kuchlari o’tgan yilning iyul oyidan e’tiboran 7600 terroristni o’ldirdi”,-deya xabar beradi Reuters xabar agentligi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an seshanba kungi bayonotida, Turk Qurolli Kuchlari 2015 yilning 20 iyulidan beri terror tashkiloti PKK safida jang qilgan 7600 jangarini o’ldirganini ma’lum qilgan.

Erdog’an: “Terror tashkiloti o’z tarixida eng og’ir mag’lubiyatni boshidan o’tkazmoqda. Mamlakatni bo’lish uchun qo’yilgan bomba tuzoqlari o’z qo’llarida portladi”,-dedi.

Yaponiyada nashr qilingan kundalik gazetalardan biri Yomiuri Shimbun:“Turkiyada terrorchilik harakati” sarlavhali xabarni chop etdi.

Gazeta kecha Turkiyaning eng katta shahri Istanbulda sodir bo’lgan kuchli portlashda kamida 11 kishi halok bo’lganini, 36 kishi tan jarohati olganini xabar qildi.

Politsiya xodimlariga nisbatan sodir qilingan terrorchilik harakatida halok bo’lganlarning 7 nafari politsiya xodimi edi.

Yaralangan 3 kishining ahvoli og’ir. Mahalliy vakillar portlashning bombali terrorchilik harakati ekanini taxmin qilmoqda.

Qatarda faoliyat ko’rsatgan matbuot organi Al Jazira: “Putin:Turk oqimidan voz kechmadik” sarlavhali xabarni chop etadi.

Xabarga ko’ra, Turkiya-Isroil muzokaralarini qo’llab quvvatlagan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Turk oqimi va Janubiy Oqim loyihalaridan voz kechmaganini bildirdi.

“Qoradengiz tubidan olib o’tiladigan tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasi xususida Turkiya bilan siyosiy muammolarga duch keldik”,-deya ta’kidlaydi Putin.

Uning aytishicha, mazkur loyihalar bo’yicha yakuniy qaror berish uchun Yevropa Komissiyasining tutgan o’rnini aniqlab olish zarur.

Qolaversa, Putin Turkiya-Isroil munosabatlarini tiklash yo’lida yuritilgan muzokaralarni qo’llab quvvatlaganini bildirdi.

Uning fikricha, muzokaralar mintaqadagi vaziyatni sokinlashtiradi.

Yunonistonda faoliyat ko’rsatgan Zougla televideniyesi, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kipr Rum qismi lideri Nikos Anastasiadis bugun Kipr masalasi bilan bog’liq muzokaralarni takror yo’lga qo’yish xususida kelishib olganini ma’lum qildi.

Nikos Anastasiadis va Mustafa Akinji o’rtadagi kelishmovchilikka qaramasdan, Kipr masalasiga doimiy, mustahkam yechim topish uchun xizmatga tayyor ekanini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xorij , #media , #gazeta

Aloqador xabarlar