Xorijiy matbuot sharhlari 23.07.2014

Bu hafta jahon matbuotida asosan İsroilning G’azoda sodir qilayotgan qatliomi keng qoralandi.

67425
Xorijiy matbuot sharhlari 23.07.2014


Bu hafta jahon matbuotida asosan İsroilning G’azoda sodir qilayotgan qatliomi keng qoralandi.
Qatarda nashr qilingan El Shark gazetasi, Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbasning Turkiyaga tashrifi va Prezident Abdullah Gul bilan İstanbulda uchrashganini yozdi.
Mahmud Abbas matbuot anjumanida so’zga chiqib, Falastinda sodir bo’layotgan hodisalar xaqida Turkiya bilan to’xtovsiz fikr almashganligini aytib o’tdi.
El shark gazetasi, Turkiyani BMTda Falastin uchun zimmasiga olgan mas’uliyati tufayli taqdirlagan Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas, Turkiya Falastin masalasi bo’yicha katta hamkor ekanligini tilga olganligini yozdi.
Reuters xabar agentligi, Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’anning G’azoda qilgan qatliomi sababli İsroilni qatliomda Gitlerdan ham o’zib ketganlikda ayblaganligini yozdi.
Erdog’an qolaversa Amerikani ham İsroilni himoya qilganlikda ayblaganligini va İslom dunyosi ham jiddiy qarshilik ko’rsata olmaganligidan noliganligini yozgan xabar agentligi, bunga qaramasdan Erdog’an o’z xalqini İsroilning o’chini olish uchun yahudiylarga zarar bermaslik xaqida ogohlantirganini qayd etdi.
AFP xabar agentligi esa, Erdog’an İsroilning G’azoda sodir qilgan qatliomini qattiq qoralaganini yozdi.
Erdog’an İsroilning G’azoni bombardimon qilganligini Falastin aholisiga nisbatan ommaviy qatliom tashabbusi deb baholadi.
Erdog’an İstanbulda musulmon ziyolilar ishtirokidagi xalqaro yig’ilishda so’zga chiqib, “Bunday ahvolga ilk marta duch kelganimiz yo’q. 1948 yildan beri har kuni , har oy va asosan muqaddas ramazon oyida sistematik qatliom sodir qilinganiga guvoh bo’lyabmiz”-dedi.
Rossiyaning rasmiy xabar agentligi Ria novosti, Turkiyada İsroilga qarshi o’tkazilayotgan namoyishlarga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, İsroilning G’azoga bostirib kirganligi va Falastinga urush ochganligi sababli Turkiyaning har tomonida norozichilik namoyishlari o’tkazilayotganini ma’lum qildi.
Namoyishchilar İstanbuldagi İsroil elchixonasi oldida to’planib, qo’llariga Falastin bayroqlarini ko’tarib, İsroilga qarshi hayqirganini, Ankarada ham minglab aholi İsroil elchixonasi oldida e’tirozlarini tilga olganini, namoyishchilar Amerikaning Adanadagi konsullik binosi oldida matbuotga bayonot berib İsroilni qoralaganini ma’lum qildi.
İzmirning markaziy maydonida to’plangan bir guruh esa, halok bo’lgan Falastin fuqarolari uchun duo o’qilgandan so’ng, G’azoni qo’llab quvvatladi.
İspaniyada nashr qilingan La Vanguardia gazetasi, Turkiya Prezidenti Abdullah Gulning Kipr masalasiga yechim topish Turkiyaning asosiy maqsadlaridan biri ekanini tilga olganini yozdi.
Abdullah Gul Kiprdagi muammo mangu davom etmasligini tilga olib, Orolning qaytatdan birlashishini ta’minlash xususida Kiprlik turklarni qo’llab quvvatlashini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar