Xorijiy matbuot sharhlari 09.07.2014

Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an o’tgan hafta Ak partiya deputatlari tomonidan prezidentlikka nomzod qilib ko’rsatilishi jahon matbuotida keng ovoza bo’ldi.

122583
Xorijiy matbuot sharhlari 09.07.2014


Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an o’tgan hafta Ak partiya deputatlari tomonidan prezidentlikka nomzod qilib ko’rsatilishi jahon matbuotida keng ovoza bo’ldi.
BBC Bosh vazir Erdog’anning nomzod qilib ko’rsatilishiga doir xabarni “Erdog’an Turkiyaning prezidentligi uchun bellashadi” sarlavhasi bilan chop etdi.
Financial Times gazetasi esa, xabarni internet orqali “Erdog’an Turkiyaning dastlabki prezidentlik bellashuvida…” sarlavhasi bilan yoritdi.
Germaniyada nashr qilingan “Spiegel” jurnali bilan “Die Zeit” gazetasi, “Ak partiya Erdog’anni prezidentlikka nomzod qilib ko’rsatdi” degan sarlavha bilan xabarga o’rin berdi.
N24 televizion kanali bilan Focus jurnali kabi nashriyot organlari Erdog’anning nomzod bo’lganligini so’ngi xabar sifatida e’lon qildi.
Le Figaro gazetasi, Erdog’anning yana kamida 5 yil Turkiyani boshqarishga istakli ekanligini yozdi.
France 24 televideniyesi, “Ak partiyaning nomzodi Erdog’an” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Erdog’anning saylovda g’alaba qozonishida omadi katta ekanligi ifoda etildi.
Xabar kanali Euronews esa, 11 yildan beri Turkiyani boshqargan Erdog’an o’z e’tiborini saqlab qolganligini va anketalarga ko’ra, saylovlarda mutlaqo g’alaba qozonishi tahmin qilinganini ma’lum qildi.
Der Standard gazetasi, “Turkiya Respublikasining Bosh vaziri R.T.Erdog’an 6 haftadan so’ng o’tkaziladigan saylovda prezident bo’lmoqchi” degan ifodalarga o’rin berdi.
Kurier gazetasi, “Erdog’an rasman prezident bo’ladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Bosh vazir Erdog’anning Vena ziyorati katta hayajon uyg’otganligini yozdi.
Xitoy rasmiy xabar agenti Shinhua, Bosh vazir R.T.Erdog’anning prezidentlikka nomzod bo’lganini muhim yangilik sifatida e’lon qildi.
Shinhua “Turkiya Bosh vaziri Prezidentlik uchun kuch sinaydi”-degan sarlavha bilan xabarni e’lon qildi.
Bosniya-Gersegovinada nashr qilingan “Oslobodjenje” gazetasi, “Erdog’an Turkiyadagi prezidentlik saylovlariga o’z nomzodini qo’ydi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Erdog’an Turkiyada birinchi marta xalq tomonidan saylanadigan prezidentlik saylovida bellashishiga e’tibor qaratdi.
Serbiyada nashr qilingan Kurir gazetasi ham Erdog’anning nomzodini e’lon qildi.
Xabarda, “Bosh vazir Erdog’an Turkiya prezidentligiga nomzod” degan ifodalarga o’rin berildi.
Rus rasmiy xabar agentligi Ria-Novosti, xabarni “Prezidentlik saylovlari Turkiya tarixida yangi sahifa ochadi” sarlavhasi bilan chop etar ekan, Erdog’anning nutqidan lavhaga o’rin berdi.
Qolaversa Eron matbuoti ham mavzuga doir xabarlarga keng o’rin berdi.
Jumladan Eronda ingliz tilida faoliyat ko’rsatgan Pres Tv kanali, Bosh vazir Erdog’anning saylovlarda g’alaba qozonishi va siyosiy yetakchiligini yana 2019 yilgacha davom ettirishi kutilganligini ma’lum qildi.
Fors xabar agentligi esa, Prezident Abdullah Gulning nomzod bo’lmaganiga qaraganda, Erdog’anning nomzodini qo’yishi kutilmagan holat emasligini yozdi.
Kundan kunga Turkiyaga kelib dam olmoqchi bo’lgan turist soni ortib bormoqda.
İtaliyada nashr qilingan ANSAmed xabar agentligi, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga tayanib bergan xabarda, 2014 yilning yanvar oyidan may oyigacha Turkiyaga kelgan xorijlik turist soni 10 million 903 ming 146 nafarni tashkil qilganligini yozdi.
Xabarda, 2013 yilning ayni mavsumiga nisbatan 4.08%lik ortish kuzatilganligi qayd etildi.
Xabarga ko’ra, Turkiyaga asosan nemislar, ruslar, eronliklar, fransuzlar va İtalyan turistlar kelib dam olishadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar