Atambayev “JV MAN Auto-Uzbekistan” O’zbekiston-Germaniya qo’shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev O’zbekistonga bo’lgan tashrifi chog’ida mamlakatning Samarqand shahrida joylashgan “JV MAN Auto-Uzbekistan” O’zbekiston – Germaniya qo’shma korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar qatoriga qo’shilgani barchaga ma’lum. Bugun O’zbekiston avtosanoati mahsulotlariga ko’pgina mamlakatlarda, jumladan, Qirg’izistonda ham talab yuqori.

Eslatib o'tamiz Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev 2016-yilning 24-25-dekabri kunlari amaliy tashrif bilan O'zbekistonda edi.