Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar NATO mudofaa vazirlari sammitida ishtirok etadi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Patrik Shanahan bilan uchrashadi.

1143673
Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar NATO mudofaa vazirlari sammitida ishtirok etadi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Patrik Shanahan bilan uchrashadi.

Bu haqda milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar 13 fevral kuni Belgiya poytaxti Brusselda NATO mudofaa vazirlari sammitida ishtirok etadi. Hulusi Akar sammit doirasida bir qator o’zaro uchrashuvlarni amalga oshirishi kutilmoqda. Bular orasida AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Patrik Shanahan ham bor”,-deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Hulusi Akarning Yunoniston mudofaa vaziri Evangelos Apostolakis bilan ham uchrashishi rejalangan.

Hulusi Akar Yunoniston mudofaa vaziri lavozimiga yangi tayinlangan Evangelos Apostolakisga tabrik maktubi yo’llagan edi va uni Turkiyaga taklif qilgandi.

Bundan tashqari, Hulusi Akarning Brusselda Italiya, Fransiya, Chernogoriya va Gruziya kabi ba’zi davlatlarning mudofaa vazirlari bilan ham ushrashishi ko’zda tutilgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar