Turkiyaning do’stlik ko’prigi 6-qism

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi 2010 yil 6 aprel kuni tashkil topgan.

Turkiyaning do’stlik ko’prigi 6-qism

                                                  

Dunyo miqyosida ko’plab mamlakatlarda ijtimoiy-madaniy loyihalarni amalga oshirayotgan Yunus Emre instituti, Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi, Turk qizil yârim oy jamiyati va TIKA kabi tashkilotlarning faoliyatlariga bag’ishlangan “Turkiyaning do’stlik ko’prigi” nomli dasturimizning bugungi sonida yana uchrashib turibmiz.

Dasturimizning avvalgi bo’limlarida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA va uning faoliyatlari haqida qisqacha ma’lumot berdik. Dasturimizning ushbu sonida esa, Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi va uning faoliyatlari haqida qisqacha hikoya qilamiz.

2010 yilning 6 aprel kuni tashkil topgan Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi xorij mamlakatlarda yashagan Turkiya fuqarolari bilan bir qatorda, qardosh jamiyatlar hamda Turkiyada tahsil olayotgan xorijlik talabalarga bag’ishlangan faoliyatlarni tashkil qilish, ushbu maqsad bilan ko’rsatilayotgan xizmat va faoliyatlarni rivojlantirish vazifasini o’z zimmasiga oladi.

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi o’z faoliyatlari bilan nafaqat xorijda yashagan turklar, balki qardosh jamiyatlar bilan bo’lgan munosabatlarni mustahkamlashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan yaqin aloqa o’rnatish mas’uliyatiga ega. Turkiyada stipendiya bilan tahsil olayotgan xorijlik talabalar kuni kelib o’z vataniga qaytgach, o’z vatanida Turkiyaning ramziy elchilari bo’ladilar.

 



Aloqador xabarlar