Turkiyaning do’stlik ko’prigi 4-qism

Texnik bazadan tortib umumiy texnologiya hajmlarini oshirishga qaratilgan TIKA loyihalari…

Turkiyaning do’stlik ko’prigi 4-qism

                    

Xurmatli tinchlovchilar! “Turkiyaning do’stlik ko’prigi” nomli dasturimizning navbatdagi sonida yana uchrashib turibmiz.

Dasturimizning bugungi sonida ham Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan amalga oshirilgan loyihalar haqida hikoya qilamiz.

 

Texnik bazadan tortib umumiy texnologiya hajmlarini oshirishga qaratilgan TIKA loyihalari…

 

1995 yilga qadar qardosh davlatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy faoliyatlar olib borgan TIKA, keyinchalik ilm-fan, ta'lim-tarbiya va madaniyat hamkorligi faoliyatlariga ham katta ahamiyat bera boshladi.

Ma'lum bo'lganidek, muvaffaqiyatning eng asosiy kaliti sifatli va o'z sohasida mutaxassis bo'lgan kadrlarni yetishtirib chiqarishdir.

Shu sababli, TIKA 1995 yildan buyon ta'lim-tarbiya faoliyatlariga katta ahamiyat berib, turli mamlakatlarda maktablar, kutubxonalar va laboratoriyalar qurish bilan birga universitetlarning texnik bazalarini tashkil etishga hissa qo’sha boshladi.

2000 yillardan e'tiboran butun jahonda globallashuv jarayoni boshlandi va bu jarayon dunyoning barcha mamlakatlarida o'z ta'sirini ko'rsata boshladi.

Bu jarayondan chetda qolmagan TIKA turkiyzabon mamlakatlarning rivojlanishiga turli loyihalar bilan katta hissasini qo'shdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Turkiya va TIKA turkiyzabon davlatlar bilan mushtarak tarixiy merosga ega bo'lishdan faxrlangan holda kunimizda ham o'z loyihalarini qardosh mamlakatlarda davom ettirib kelmoqda.

Turkiyaning butun dunyoda va ayniqsa o'z mintaqasida muhim siyosiy aktyor holiga kelishi natijasida 2000 yillardan e'tiboran tashqi siyosat tushunchasida ham ahamiyatga sazovor o'zgarishlar yuzaga keldi. Ushbu o'zgarishlardan chetda qolmagan TIKA o'zining faoliyat doirasini kengaytirib, 2002 yili dunyoda jami 12 nafarni tashkil qilgan "Dasturlarni qo'llab quvvatlash" vakolatxonasi sonini 2011 yilda 25 nafarga, 2012 yilda esa 33 nafarga ko'paytirdi.

 Hozirgi kunda TIKA 59 mamlakatda faol bo'lgan 61 vakolatxonasi bilan 150 mamlakatda jadal faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, Turkiyaning tashqi aloqalar bo’yicha faol hamkorlik qilayotgan mamlakatlar soni ham tobora oshib bormoqda. Chunki, Turkiya Respublikasi, TIKA vositasida qardosh va do'st mamlakatlar bilan o'zaro tinchlik va hamjamiyatlik rishtalarini kuchaytirib kelmoqda.

TIKA davlatlarga oid idoralar va boshqarmalar, universitetlar, nodavlat tashkilotlar va xususiy tarmoqlar o'rtasida hamkorlik vazifasini o'tamoqda, ularni rivojlanish kabi yagona maqsad atrofida birlashtirmoqda va ayniqsa Turkiyaning boshqa davlatlarning rivojlanishiga qo'shgan hissasiga vakillik qilmoqda.

Turkiyaning 2002 yilda boshqa davlatlarning rivojlanishiga qo'shgan hissasi 85 million dollarni tashkil qilar ekan, 2017 yilga kelib bu raqam 8 milliard 120 million dollarga oshdi.

Shuni e’tirof etish joizki, Turkiya Respublikasi dunyo bo’yicha gumanitar yordam yetkazib berishda eng saxiy davlatlardan biri hisoblanadi.

TIKA chet davlatlardagi vakolatxonalari vositasida dunyo bo'ylab 150ga yaqin mamlakatda hamkorlik faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda va rivojlanishga  hissa qo’shmoqda.

Turkiya Respublikasi TIKA vositasida tinch okeanidan tortib Markaziy Osiyo davlatlari, Yaqin sharq, Afrika qit'asi, Bolkon davlatlari, Kavkaslar va Latin Amerika davlatlari kabi juda ko'plab mamlakatlar bilan tajriba almashib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: Turkiya , TIKA

Aloqador xabarlar