Ibrahim Kalin McGurkning Turkiya haqidagi so'zlariga javob berdi

Ibrahim Kalin AQSh Prezidenti Donald Trumpning DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash masalasi bo’yicha sobiq maxsus vakili Brett McGurkning Turkiyani nishonga olgan ifodalariga qarshi javob berdi.

Ibrahim Kalin McGurkning Turkiya haqidagi so'zlariga javob berdi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash masalasi bo’yicha sobiq maxsus vakili Brett McGurkning Turkiyani nishonga olgan ifodalariga javob berdi.

Ibrahim Kalin McGurk tomonidan Washington Post gazetasida bugun (20-yanvar) chop etiladigan soniga atab qalamga olgan maqolasida Turkiyaga qarshi tilga olgan salbiy tusdagi ifodalari, terror tashkilotlarini maqtagan satrlariga qarshi ijtimoiy media hisobi Twitter orqali javob berdi.

Ibrahim Kalin unda,

“Noto’g’ri baholash. Turkiyaga bo’lgan ayblovlaringiz butunlay noto’g’ri. U faqatgina PKK propagandasidan iboratdir. Tukiya yuz minglab suriyalik arab, kurd, suryoniy va boshqalarining jonini qutqardi. PKK terro tashkilotiga boshqacha hayot berish niyatidasiz. Lekin bu amalga oshmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o’tish joizki McGurk, yuqorida qayd etilgan maqolasida Trumpning Suriyadan chiqish haqidagi qarorini tanqid qilar ekan Turkiyaning ishonchli sherik emasligini iddio etib, terror tashkilotlarini maqtagan edi.

 



Aloqador xabarlar