Turkiyaning do’stlik ko’prigi 3-qism

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA bugungacha turli mamlakatlarda jami 4250dan ortiq loyihalarni amalga oshirdi.

Turkiyaning do’stlik ko’prigi 3-qism

         

Xurmatli tinglovchilar!  “Turkiyaning do’stlik ko’prigi” nomli dasturimizning bugungi sonida yana uchrashib turibmiz. Ikki haftadan buyon dasturimiz orqali TIKA faoliyatlari haqida hikoya qildik. Dasturimizni qolgan joyidan davom ettiramiz.

Bugungacha kasb-xunar va ta’lim-tarbiya sohasida taxminan 4250 dan ortiq loyihani amalga oshirgan TIKA Kolumbiya, Falastin, Nigeriya, Makedoniya, Albaniya, Afg’oniston va boshqa ko’plab mamlakatlarda yangi ta’lim muassasalarini insho etdi. Oxirgi 5 yilda 1000dan ziyod maktab qurdi va juda ko’plab maktablarni qayta ta’mirlab, o’quv qurollari va jihozlar bilan ta’minladi.

TIKA kambag’alchilikni kamaytirish, chekka qishloq hududlarini obodonlashtirish va ayollarni ish bilan ta’minlashga ko’maklashish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hissa qo’shish, kam ta’minlangan aholinining daromadini oshirish faoliyatlariga hissa qo’shish maqsadida qishloq-xo’jaligi va chorvadorchilik sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Afrika qit’asidagi qurg’oqchilikni oldini olish, Afrika davlatlarida mavjud tabiiy boyliklardan o’z xalqi uchun samarali foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida Somali poytaxti Mogadishuda insho etilgan qishloq-xo’jaligi maktabi hozirda mintaqada zamonaviy qishloq-xo'jaligi metodlarini o'rgatuvchi fakultetga aylandi. Bolqon mintaqasidagi bir necha mamlakatda qishloq-xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirgan TIKA, moddiy yetishmovchilikda yashagan oilalar bilan bir qatorda, kichkina hajmli korxonalarning daromadlarini oshirishga hissa qo’shmoqda.

TIKAning yana bir boshqa faoliyat sohasi esa – turli sohalardagi kasb-hunarni o’rgatish bilan qo'llab quvvatlangan ishlab chiqaruvchi sexlar bo'lib hisoblanadi. Misol uchun G'azo shahrida TIKA tomonidan insho etilgan “Abasan” zaytun yog'i ishlab chiqaruvchi sexi, mintaqadagi ish o’rinlarini barpo etish va iqtisodiyotga hissa qo'shish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Faqatgina, 2017 yilda ushbu sex faoliyatidan 3000 dan ortiq g'azolik dehqonlar unumli foydalandilar. 2016 yilda ushbu ishlab chiqarish sexidan 5000 tonna zaytun yog'i ishlab chiqarildi va Abasan shahar hokimiyati har bir tonnadan 100 dollar sof daromad qo’lga kiritdi.

 

Yangicha yordamlashuv uslubi: Rivojlanishga hissa qo’shish modeli…

TIKA rivojlanishga yordam berish modeli bilan yangicha rivojlanish uslubini quyidagicha kun tartibiga olib keldi:

 

•        Hech qanday shartsiz                                                                                            

•        Samimiy

•        Oshkora

•        Insonlarni asos qilib olish

•        O'zaro mas'uliyat

•        O'zaro ta'lim almashish

•        Talabchanlik

•        Yechim tarafdori

Kabi uslubi bilan yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.



Aloqador xabarlar