Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasini dastaklaydi...

Mevlud Chavushog'lu, xususiy TV kanalida jonli efirda Sharqiy O'rtayer dengizida tabiiy gaz qidirish faoliyatlarini baholadi.

Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasini dastaklaydi...

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu Turkiyaning, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (SHKTR) va Turk xalqining haqlarini qo'riqlashga davom etilishini izohladi.

Mevlud Chavushog'lu, xususiy TV kanalida jonli efirda Sharqiy O'rtayer dengizida tabiiy gaz qidirish faoliyatlarini baholadi.

Fatih neft ishlab chiqarish kemasining o'z faoliyatini boshlatganiga diqqat qaratgan Chavushog'lu, "Orolning atrofida neft va gaz zaxiralari bo'lgani aytiladi. Har ikki xalqning ham o'ziga tushgan hissasini olishi kerak, biroq Yunon tomoni bunga yo'q deydi. Ommaviy bosimlarni bohona qiladi. Bizning talabimiz haqqoniydir. Kipr Turk xalqining haqlari kafolat ostiga olinsin" dedi.

Kipr Yunon tomonining Sharqiy O'rtyer dengizida bir tomonli tabiiy gaz izlash harakatiga to'xtalib o'tgan Chavushog'lu, tabiiy gaz chiqarilgan taqdirda Yevropaga Turkiya ustidan yetkazilmaguncha bu gazni chiqarishning bir ma'nosi bo'lmasligini bildirdi.

Chavushog'lu, Sharqiy O'rtayer dengizida gaz chiqarish va Turkiya orqali Yevropaga yetkazilgan tadqirda hammaning manfaatdor bo'lishini ifoda etdi.

Turkiyaning, Shimoliy Kipr Turk Jumhuriyatining va Turk xalqini har doim qo'llab-quvvatlashiga diqqat qaratgan Chavushog'lu, Yunon tomonining Turk askarlarining oroldan chiqishi kabi fikrlardan voz kechishi kerakligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar