Erdo'g'an:“Pokiston ham Fathulloh Gulen harakatining bir terror tashkiloti ekanligini anglab yetdi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Pokistonning Fathulloh Gulen harakatini (FETO) mamlakatda terror tashkiloti deb e’lon qilish to’g’risidagi qaroriga munosabatini bildirdi.

1115445

Erdo’g’an bu haqda Istanbulda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Prezidentning ta'kidlashicha, shu kunlarda Ozarbayjonda ham bunday qaror olinishi kutilmoqda.

Erdo’g’an: “Fathulloh Gulen harakatining (FETO) bir terror tashkiloti ekanligini Pokiston ham anglab yetdi. Bundan keyingi jarayonda u yerdagi maktablar Turkiya Maorif fondiga o’tkaziladi. Bu jarayon boshlandi”,-dedi.

Ozarbayjonda Fathulloh Gulen harakatiga (FETO) qarshi kurashish bo’yicha ba’zi ijobiy o’zgarishlar kuzatilganligini ma’lum qilgan Erdo’g’an: “Ozarbayjondan kelgan xushxabarni bugun oqshom yoki ertaga sizlarga e’lon qilishimiz mumkin”,-dedi.

Eslatma: Pokiston oliy sudi Fathulloh Gulen harakatini (FETO) mamlakatda “terror tashkiloti” deb e’lon qilish to’g’risida hukm chiqargan edi. Shuningdek, Pokistondagi FETO maktablarini Turkiya Maorif fondiga o’tkazishga buyruq bergan edi.

Aloqador xabarlar