Turkiya mudofaa sanoatida milliy loyihalar 13- qism

Turkiya 2018- yili 24- iyun kuni  ham parlament  hamda Prezidentlik saylovini  o’tkazgan edi.

1110664
Turkiya mudofaa sanoatida milliy loyihalar 13- qism

Turkiya 2018- yili 24- iyun kuni  ham parlament  hamda Prezidentlik saylovini  o’tkazgan edi.

Bundan oldin 2017- yili 16- Aprel kuni bo’lib o’tgan konstitutsiya o’zgarishlari referendumda qabul qilingan tartibot bilan “ prezidentlik hukumat tizimi”  qabul qilingan edi.

Yangi tizim bilan  davlatda  juda ko’p o’zgarishlar bo’ladi. Ba’zi vazirliklar birlashtirildi, Ba’zi tashkilotlar Prezidentlikka bog’landi. Ba’zi tashkilot esa  yopildi. Bu doirada Mudofaa sanoat maslahatchiligi nomi o’zgarib Mudofaa sanoat boshqarmasi bo’lib  to’g’ridan to’g’ri Prezidentlikka  bog’landi. Buning bilan birgalikda yangi tizimda Prezidentlik, “100 kunlik  rejalar dasturlari” bilan vazirliklar va tashkilotlar oldiga qo’yilgan maqsadlarini e’lon qila boshladilar. 2018- yili 3- avgustda birinchi 100 kunlik  reja dasturi”  qaydga olinib 400  amal  rejasi o’z oldlariga maqsad qilib qo’yildi. Dastlabki yuz kunlik amal rejasi hayotga tatbiq etildi.

            Turk harb-ish uyushmasi ta’lim bo’yicha mudiri Tarkan Zenginning  mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz...

            Mudofaa sektori bilan aloqali  reja esa mudofaa sanoat boshqarmasi tomonidan yuritilmoqda. Dastlabki reja dasturi maqsadi  qilib olgan  400 amal rejasida  esa mudofaa sanoati 4 reja amalga oshirib birinchi o’rinni egaladi. 2018- yili 13- dekabr kuni e’lon qilingan “ikkinchi 100 kunlik dasturda” 24 milliardlik  454 ish rejasi o’rin olmoqda. Birinchi reja dasturida bo’lganidek ikkinchi reja dasturida ham mudofaa sanoati,  52 maqsad rejasi bilan  birinchi o’rinni egaladi. Ish dasturini  tanitish  yig’ilishida Prezident Erdo’g’an ishtirokchilarga mahalliy vertolyotlar ishlab chiqarish borasida xush xabar berdi. Mahalliy va milliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilgan T625 umumiy maqsad vertolyotini tanitdi.

Prezident Erdo’g’an, “ Sizlarga  bir xush xabar  berib pardani ochamiz: pardaning ortida ko’raylik nimalar  chiqadi? Mahalliy vertolyot Go’kbey esa 14 nafar hajmli. Osmonning  begi bo’ladi inshoolloh dedi.

 Go’kbey, 2021da ketma-ket ishlan chiqarishga boshlaydi” dedi.

Yuz kunlik 52 mudofaa rejasi

Prezidentlik “ Mudofaa sanoat  boshqarmasi  rahbariyati va 100 kunlik qisqa bir muddatda,  oldiga maqsad qilib qo’ygan 52ta  ish rejasi  bor.  Bularni  ketma- ket yozsak  qog’ozga   sig’maydi. Shu bois  rejalangan ishlar ichida eng muhimlarini izoh etaylik.

T129 ATAK vertolyotlari, TQKning hujum vertolyot ehtiyojini qondirish maqsad bilan milliy imkoniyatlar va qobiliyatlar bilan rivojlantirildi. Dunyoda o’z kategoriyasida eng ta’sirchan  vertolyotdir. Milliy vertolyotimizlardan   Pokistonga 30tasisini  sotish bitimi 2018- yili iyul oyida imzolangan edi. O’tgan yil milliy vertolyotlarga milliy motor ishlab chiqarish mavzusida loyihalar boshlatib yuborildi. Bu doirada  yuz kunlik reja ichida “ rivojlantirilgan ATAK loyihasi bitimining imzolanishi, ATAK hujum va taktika kashfiyot  vertolyot loyihasi doirasida 2ta vertolyotni topshirish  bilan esa  “ ATAK  va o’ziga xos vertolyotlar uchun rivojlantirilgan Turboshaft motorning kompressor, yonish bo’limi, gaz generator, kuch turbina va boshqalari ishlab chiqariladi.  Quyi tizim   konfiguratsiyasi va firma nishoni” o’rin olmoqda.

Zirhli vositalari va tanklardagi maqsadlar

Mudofaa sanoat boshqarmasi, kunimiz ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy  bir milliy tank ishlab chiqarish uchun yaqin payda muhim qadalar tashlagan edi. 2018- yil, 9- noyabr kuni Altay tanki ketma- ket ishlab chiqarish uchun bitim imzolangan edi. Bitim doirasida ketma- ket ishlab ishlar tarmog’ining tashkil etilishi va 250ta Altay tankining ishlab chiqarilishi bilan belgilandi. Dastlabki tank  quruqlik kuchlariga 18 oydan keyin topshirilishi maqsad qilib olingan.

Bu doirada yuz kunlik  reja dasturida “ Altayning  ketma-ket ishlab chiqarish loyihasi doirasida kuch guruhi bilan birgalikda kritik quyi tizim bitimining imzolanishi” o’rin olmoqda. Dasturda bundan tashqari, “FIRAT- M60T loyihasi doirasida 7ta tankni modernizatsiya qilish bilan birgalikda M60TM soni 146ga chiqariladi. “ zirhli vositalarda ishlatish uchun rivojlantirilgan milliy kuch guruhi UTKU loyihasi doirasida transmissiya loyihasi yakunlandi”, “maxsus maqsadli taktika g’ildirakli zirhli vositalar loyihasi bitimining imzolanishi” bilan zirhli vosita loyihalar doirasida farqli rusumda hajmda  255 vositaning topshirilishi” nazarda tutilmoqda. Terrorga qarshi kurashda muhim ta’siri bo’lgan maxsus taktika g’ildirakli zirhi vositalarga  juda ko’p sonda vositaning  berilishi  xavfsizlik kuchlarining qobiliyatini oshiradi.

            IHAlar, uchuvchisiz quruqlik vositalari va sun'iy aql

            Dunyoda uchuvchisiz havo vositasi ishlab chiqargan o’lkalardan birovi bo’lgan Turkiya ham, yuz kunlik  reja dasturi doirasi 5ta qo’shimcha Taktika IHA ( Bayraktar TB-2) bilan 2ta qo’shimcha Operativ IHA (ANKA-S)ni topshirishni  maqsad qilib olmoqda. Reja doirasida o’rin olgan maqsadlarga qaraganimizda mudofaa sanoat texnologiyasida qanchalik muhim bir nuqtaga kelganimiz ko’rilmoqda.

Ikkınchi yuz kunlik reja dasturidagi ilgari texnologiya kerak  bo’lgan ba’zi maqsadlar esa shunday:

-125ta miltiq rusumidagi Drone/ kichik IHA mikser  tizimli qurilmani  topshirish va EGM orqa vosita va sumka tipidagi mikser tizimli qurilmani   yetkazib  berish loyihasi bitiming imzolanishi

-EYPlarning Yuqori quvvatli mikro to’lqinli   texnologiyasi bilan aniqlashi  va yo’q qiladigan qobiliyatga ega bo’lishi.

-identifikatsiya qilish va yo'q qilish uchun shartnomalar.

Yengil / o’rta sinfda boshlatilgan uchuvchisiz quruqlik  kuchlari vositalarining loyiha,  dizayni davrlar va sohada sinovdan o’tkazib topshirilishi.

Og’ir kategoriyada boshlatilgan uchuvchisiz quruqlik vositalari loyihasini kim oshdi savdolarini ta’min etish. Mavjud imkoniyat va qobiliyatlar jihatida foydalanuvchilarning nazariyalarini  olish  maqsadi bilan sinov o’tkazish.

Sun’iy aql va robotik texnologiyalarni rivojlantirish doirasida 117SAGA murojaatini muhokama qilib va bitim imzolash.

IHA texnologiyalarni rivojlantirish va namoyish etish loyihasini boshlatish.

Juda ham rivojlangan o’lkalarning ishlab chiqaradigan mudofaa mahsulotlarini, Turkiya endi milliy imkoniyatlari bilan ishlab chiqaradigan vaziyatga keldi. Mudofaa sanoat maqsadlari son jihatidan reja dasturida birinchi o’rin joy olmoqda. Reja dasturini tanitish yig’ilishida milliy vertolyotlar Prezident tomonidan namoyish etilishi  hamda Prezidentning mudofaa sanoatga  bergan e’tiborni ko’rsatmoqda. Turkiya mintaqaviy va global xatarlarga qarshi mudofaa sanoatda muhim o’zgarishlar davom etmoqda.

 

Turk harb-ish uyushmasi ta’lim bo’yicha mudiri Tarkan Zengin mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Milliy , #Mudofaa , #Sanoat

Aloqador xabarlar