Turkiya tashqi siyosatiga nazar 48-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turk oqimi loyihasining bugungi holati va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 48-qism

                

Yaqinda Turk oqimi tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasining dengiz tagidan olib o’tiladigan qismi tamomlandi.

Dasturimizning bugungi sonida Turk oqimi loyihasining bugungi holati va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

Shu kunlarda Turkiya tashqi siyosatining yangi yo’nalishidan boxabar qiluvchi uchta voqeaga guvoh bo’lib turibmiz. Bulardan birinchisi “Turk oqimi” deb nom berilgan Turkiya-Rossiya qo’shma tabiiy gaz loyihasining birinchi bosqichi yakunlanishi munosabati bilan Istanbulda o’tkazilgan marosimdir. Ikkinchisi esa, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lining Vashingtonda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan bo’lgan kritik uchrashuvidir. Uchinchisi, Yevropa Ittifoqining oliy martabali boshqaruvchilarining Ankaraga tashrifi va turk hukumati vakillari bilan Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari bo’yicha muloqotlaridir. Bu uchala voqea Turkiya tashqi siyosatining ko’p qirrali harakterini namoyon qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Yaqin kunlarda Turk oqimi tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasining birinchi bosqichi yakunlandi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida “Turk oqimi” gaz quvurining dengizdan o‘tgan birinchi tarmog‘i tantanali ravishda ochildi. Turk oqimi loyihasi Turkiyaning yangi xalqaro siyosatining ham bir bo’lagidir ayni paytda.

Mazkur loyihaning dengiz tagidan olib o’tilgan qismi Rossiya hududlaridan boshlanib, Turkiyaning Fraqiya hududida yakunlanadi. Turkiya kelajakda Turk oqimi vositasida yana ham arzon tabiiy gaz ta’minlay oladi. Chunki, tabiiy gaz bu loyiha vositasida tranzit davlatlardan emas, balki to’g’ridan Turkiyaga yetkaziladi. Turkiya hozirda Ukraina, Moldova, Ruminiya, Bolgariya liniyasi orqali yilda umumiy hisobda 14 mlrd kub metr tabiiy gaz sotib olmoqda. Qoradengiz orqali Anapadan Turkiyagacha o‘tadigan “Turk oqimi” har biri yiliga 15,75 mlrd kub metr gaz o‘tkazadigan ikkita tarmoqdan iborat bo‘ladi.

“Turk oqimi”ning birinchi tarmog‘i Turkiya bozorini, ikkinchi tarmog‘i Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropani gaz bilan ta'minlashi mo‘ljallangan.

Mazkur loyiha vositasida tabiiy gaz Qoradengizdan o’tgan to’g’ridan quvur liniyasidan olinadi. Bu esa, tranzit evaziga mablag’ to’lamaydigan Turkiya uchun yana ham arzon gaz demakdir. Kelgusi davrda Turkiyaning Rossiya-Ukraina yoki Rossiya-Ruminiya-Bolgariya o’rtasida yuzaga kelishi ehtimol bo’lgan energiya inqirozlaridan ta’sirlanmasligini aytish mumkin. 

Turk oqimining umumiy hajmi yilda 63 mlrd metr kub tabiiy gazni o’z ichiga oladi. Turkiya bu loyihadan yilda 14 mlrd kub metr tabiiy gaz olishi va qolgan 49 mlrd kub metrlik tabiiy gazning Turkiya vositasida Yevropaga yetkazilishi rejalangan.

Bugungi kunda g’arb mamlakatlarining siyosati Turkiya bilan Rossiyani bir-biriga yana ham yaqin hamkorlikka chorlamoqda. shu bilan birga, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega bo’lgan Turk oqimi loyihasi uchun mos siyosiy muhit tashkil qilmoqda.

Turk oqimi loyihasi bilan Yevropaga yetkaziladigan tabiiy gazning Turkiya hududlaridan o’tishi Turkiyaning energiya markaziga aylanish to’g’risidagi strategiyasiga katta hissa qo’shadi. Rossiya tabiiy gazining Turkiya orqali Yevropaga “Turk oqimi” nomi bilan yetkazilishi Turkiya-Rossiya munosabatlarini barqaror vaziyatga keltiradi. Shu bilan birga, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari ham energiya vositasida yangi davrga qadam bosadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turk oqimi loyihasi Rossiyaning Turkiyaga bo’lgan ishonchining bir natijasidir. Turk oqimi energiya bilan ta’minlashda yangi guzargoh tashkil qilishi va ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’siri jihatidan ham muhim hisoblanadi. Qolaversa, Turkiyaning dastlabki atom energiya stansiyasi bo’lgan Akkuyu atom energiya stansiyasining Rossiyaga oid kompaniya tomonidan qurilishi ham o’zaro munosabatlarga yangicha ruh bag’ishlaydi.

Turkiya hozirda Rossiya gazini Moviy oqim va Trans Bolqon quvur liniyalaridan ta’minlamoqda. Turkiya kelgusida energiya tarmoqlarining o’tish guzargohi bo’yicha yana ham faol siyosat olib borishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Turk oqimi Turkiyaning milliy energiya bo’yicha strategiyasini mustahkamlash yo’lidagi shaxdam qadamlaridan biri ekanligini aytish mumkin.

Karatekin Universiteti xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: tabiiy gaz , Rossiya , Turkiya , Turk oqimi loyihasi

Aloqador xabarlar