Chavusho’g’li, Kashikchi jinoyati ustidan xalqaro tergov boshlatish vaqti kelganligini qayd etdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatiga to'xtaldi.

Chavusho’g’li, Kashikchi jinoyati ustidan xalqaro tergov boshlatish vaqti kelganligini qayd etdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati haqida,

“Bundan keyingi bosqichda xalqaro tergov ishi boshlatilishi kerak degan fikrdamiz” dedi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisida savollarga javob bergan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Kashikchi jinoyati ustidan Turkiyaning shaffof jarayon olib borganligini va butun dunyoning buni qabul qilganligini qayd etdi.  

“Xalqaro hamjamiyat bilan shaffof ravishda jarayonni olib bormoqdamiz” degan Mevlut Chavusho’g’li o’z so’zini:

“Eng avvalo Saudiya Arabiston bilan ishchi guruhi tashkil etganligimiz uchun xalqaro sudga murojaat etishni xohlamadik lekin bundan keyingi bosqichda xalqaro tergov ishi boshlatilishi kerak degan fikrdamiz. Nima bo’lishidan qat’iy nazar biz bu jinoyatni har tomonlama tergov qilishimiz kerak. Buning uchun kerakli hamma chorani ko’ramiz. Uni yopti-yopti qilishlik yoki buning ustidan kelishib olishlik noto’g’ri” deya davom etdi.

Kashikchining vahshiy jinoyat qurboni bo’lganligini belgilab o’tgan Mevlut Chavusho’g’li razvedka va politsiya idorasi tomonidan toplangan dalillarni ko’rishni xohlaganlarga ko’rsatilganligini ifoda etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, “Turkiya hech qanday ko’z boyamachilik qilayotganligi yo’q. Bor-yo’g’imizni xalqaro hamjamiyat bilan bo’lishamiz” deya gapirdi.

Aytib o’tish joizki 2-oktabr kuni rasmiy hujjat uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga kirgan Kashikchi, ana shu yerda vayshiylarcha o’ldirilgan edi.



 



Aloqador xabarlar