Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul Xitoy adolat vaziri Fu Cinghua bilan uchrashdi

Turkiya va Xitoy adolat vazirliklari o’rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish to’g’risida o’zaro kelishuv memorandumi imzolandi.

Abdülhamit Gül, Fu Cınghua.jpg

Rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo’lgan Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul poytaxt Pekinda Xitoy adolat vaziri Fu Cinghua bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so’ng, Abdulhamid Gul va Fu Cinghua Turkiya va Xitoy adolat vazirliklari o’rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish to’g’risida o’zaro kelishuv memorandumini imzoladi.

Marosimdan so’ng izoh bildirgan Abdulhamid Gul shunday dedi:

“Janob Adolat vaziri Fu Cinghua bilan bo’lgan uchrashuvimiz juda samarali o’tdi. Muammolarimiz haqida gaplashib oldik. Ikki davlat o’rtasidagi adliy masalalar bilan bog’liq hamkorlikni va bu yo’nalishdagi muammolarimizni bartaraf etish, hamkorligimizni oshirish bo’yicha maslahatlashib oldik. Yig’ilishimiz o’ta samarali va unumli o’tdi”,-dedi.

Turkiya bilan Xitoy o’rtasida olib borilayotgan muzokaralar natijasida o’zaro muloqot va hamkorlik rivojlanganligini ta’kidlagan Abdulhamid Gul, bu vaziyat savdo-iqtisodiy, adliy va siyosiy sohalarda katta imkoniyat yaratganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: memorandum , Fu Cinghua , Abdulhamid Gul , Xitoy , Turkiya

Aloqador xabarlar