Turkiya Afg’oniston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi

Turkiya kecha Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Turkiya Afg’oniston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi

Turkiya kecha Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqdagi yozma bayonotida Afg’oniston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

“Kecha Kobul, G’azni va Uruzgan viloyatlarida o’tkazilgan namoyishlar paytida sodir etilgan terakt oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi va yaradorlarning borligi tufayli chuqur iztirobdamiz. Ushbu terror hujumini qoralaymiz. Hujumda halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Do’st va qardosh Afg’oniston hukumatiga va afg’on xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini so’raymiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Kecha Afg’oniston poytaxti Kobulda “Tolibon” radikal harakati tomonidan terrorchilik harakati sodir etildi. Terakt oqibatida 6 kishi halok bo’lgan, 10 kishi yaralangandi.

 



Aloqador xabarlar