Turkiyada oxirgi bir hafta mobaynida 14 terrorist yo’q qilindi

Ichi xavfsizlik amaliyotlari doirasida oxirgi bir hafta mobaynida Turkiyada olib borilgan terrorizmga qarshi kurash doirasida 14 terrorist yo’q qilindi.

Turkiyada oxirgi bir hafta mobaynida 14 terrorist yo’q qilindi

Ichi xavfsizlik amaliyotlari doirasida oxirgi bir hafta mobaynida Turkiyada olib borilgan terrorizmga qarshi kurash doirasida 14 terrorist yo’q qilindi.

Bu haqida Ichki ishlar vazirligi bayonot berdi.

Mazkur bayonotga ko’ra 5-noyabrdan 12-noyabrgacha yurt boylab olib borilgan terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida Maxsus topshiriqli jandarmeriya, Maxsus topshiriqli politsiya va Jandarmeriyaning alohida amaliyotlar bo’linmasi bilan birgalikda ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida Turk Qurolli kuchlarining havo va quriqlik kuchlari tomonidan 2388 ta amaliyot uyushtirildi.

Amaliyotlarda terror tashkilotlariga yordam berganligi va aloqa o’rnatganligi uchun 747, narkotik modda va kontrabanda jinoyatiga qo’l urganligi uchun 4176, tartibsiz migratsiyaga qarshi kurash doirasida 163 jami 5086 nazorat ostiga olindi.  

Shuningdek mazkur amaliyotlar chog’ida mamlakatning Tunjeli, Diyarbakir, Mush, Hatay, Van, O’smoniyya, Trabzon, Mardin, Shirnak va Bingo’l viloyatlarida 28 ta boshpana foydalanishdan chiqarildi.

Undan tashqari 24 ta qurol (ulardan 5 tasi og’ir va uzun stvolli), 11 ta granata, 289 kilogram portlaguvchi modda, 15 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda, 515 ta turli o'q-dorilar qo’lga tushirildi.



Aloqador xabarlar