Binali Yildirim Pokiston parlamenti a’zolarini qabul qildi

Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim bugun Pokiston delegatsiyasi sharafiga Turkiya Oliy majlis binosida ziyofat berdi.

Binali Yildirim Pokiston parlamenti a’zolarini qabul qildi

Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim Pokiston parlamenti a’zolarini qabul qildi.

Qabul chog’ida Binali Yildirim Turkiya-Pokiston o’rtasida erkin savdo shartnomasiga doir muzokaralar davom etganligini ma’lum qildi.

Binali Yildirim bugun Pokiston delegatsiyasi sharafiga Turkiya Oliy majlis binosida ziyofat berdi.

Ziyofatda so’zga chiqqan Binali Yildirim yaqinda Pokistonda saylov bo’lib o’tganligini va xalq mamlakatni boshqaradigan sifatli kadrlarni saylaganligini bildirdi.

U Pokistonning yangi hukumati va majlisiga yangi vazifasida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

“Turkiya bilan Pokiston o’rtasidagi yaqin hamkorlik hukumatlarning almashishi bilan o’zgaradigan narsa emas. Ikki davlat o’rtasidagi qardoshlik va do’stlik chuqur va samimiydir. Hukumatlar kelib-ketadigan o’tkinchi narsa. Biroq, bu do’stlik abadiy davom etadi. Yildan yilga yana ham mustahkamlanadi”,-deb aytgan Binali Yildirim.

Turkiyaga bir tomonlama sanksiya tahdidlariga nisbatan Pokiston bosh vaziri birinchilardan bo’lib keskin munosabat bildirganligini eslatgan Binali Yildirim: “AQShning sanksiya qaroriga darhol qarshilik ko’rsatgan davlat yana qardosh Pokiston bo’ldi. Pokiston bilan nafaqat o’zaro, balki mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha ham hamfikrmiz”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, turk xalqi pokistonlik qardoshlarning Fathulloh Gulen harakatining (FETO) 2016 yildagi to’ntaruv tashabbusiga qarshi ko’rsatgan samimiy yordamini aslo unutmaydi.

Hozirda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini oshirishga mo’ljallangan erkin savdo shartnomasi muzokaralari davom etmoqda. Harbiy sohadagi munosabatlar ham quvonarli darajada.

Mudofaa sanoati bo’yicha muhim qo’shma loyihalarga e’tibor qaratgan Binali Yildirim: “Korvet loyihalari va havo mudofaa tizimlariga doir faoliyatlarda katta yutuqlarga erishdik”,-dedi.

Afg’oniston va Pokiston o’rtasidagi muammolarga ham to’xtalgan Binali Yildirim: “Umid qilamizki, muammolar muloqot yo’li bilan bartaraf etiladi”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar