Turkiya:AQSh PYD-YPG bilan aloqasini qat'iyan to'xtatsin...

Turkiya prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin: "PYDga berilgan yordamlarni terror tashkiloti PKKga berilgan yordam deb hisoblaymiz",-dedi.

1083646
Turkiya:AQSh PYD-YPG bilan aloqasini qat'iyan to'xtatsin...

Turkiya prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin: "PYDga berilgan yordamlarni terror tashkiloti PKKga berilgan yordam deb hisoblaymiz",-dedi.

Uning so'zlariga ko'ra, Turkiya terror tashkilotlarini yaxshi yoki yomon deya sinflarga bo'lmaydi.

Ibrohim Kalin bu so'zlarni vazirlar mahkamasi yig'ilishidan so'ng matbuotga bergan brifingda gapirib o'tdi.

"PYD-YPG terror guruhlariga berilgan har qanday yordam to'g'ridan PKK terror tashkilotiga berilgan yordamdir. Biz uchun terror tashkilotlari orasida ayrim yo'q",-deydi u.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya Respublikasi terror tashkilotlariga qarshi ommaviy ravishda, bor tashkilotlari bilan hamkorlikda qattiq kurash olib boradi.

"AQShdan talabimiz shuki, PYD-YPG bilan aloqasini qat'iyan uzsin",-deya ogohlantiradi Ibrohim Kalin.

AQShning Suriyadan mas'ul vakili James Jeffrey terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkorini terror guruhi sifatida tan olmasligini ma'lum qilgandi.

Jeffrey: "Turkiyaning PKK bilan PYD-YPG o'rtasidagi aloqadan xavotirda ekanligini tushunaman",-degan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Suriya

Aloqador xabarlar