Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an Moldovada

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an Moldova Prezidenti Igor Dodonning taklifiga binoan Moldovada.

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an Moldovada

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an Moldova Prezidenti Igor Dodonning taklifiga binoan Moldovada.

Prezident Erdo'g’an va turmush o’rtog’i Emine Erdo’g’an Kishinev aeroportida Moldova Prezidenti Igor Dodon bilan turmush o’rtog’i Galina Dodon tomonidan kutib olindi.

Prezident Erdo'g’anga mazkur tashrif chog’ida Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Xalq ta’limi vaziri Ziya Selchuk, Transport va infratuzilma vaziri Mehmet Jahit Turhan, Yoshlar va sport vaziri Mehmet Kasapo’g’li hamrohlik qilmoqda.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra ikki kun davom etadigan tashrif davomida Prezident Erdo'g’an Moldova Prezidenti Igor Dodon bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazadi.

Uchrashuv chog’ida qariyb 500 million AQSh dollarini tashkil etgan ikkala mamlakat savdo hajmining 1.5 milliard AQSh dollariga chiqarilishi va Turk firmalarining Moldova iqtisodiyotiga investitsiya kiritishi uchun ularni rag’batlantirish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatlar ham baholanadi.

Erdo'g’an bilan Dodon o’zaro munosabatlar, mintaqaviy masalalar va Fetullahchi terror tashkiloti FETO bosh bo’lish bilan birga terrorizmga qarshi kurash masalalarini ham qo’lga oladi.

Erdo’g’an poytaxt Kishinevda shuningdek 2009-yili Moldovadagi to’ntarish tashabbusi chog’ida ziyon ko’rganidan keyin Turkiya tomonidan qayta tiklangan Prezidentlik binosining ochilishini amalga oshiradi.

Erdo’g’anning Moldovaga bo’lgan tashrifi chog’ida Moldova iqtisodiyotiga 350 million dollarlik investitsiya kiritgan 213 ta Turk firmasining ba’zi yetakchilari bilan uchrashuvi kutilmoqda.  

Prezident Erdo'g’an shuningdek Gagauz avtonom viloyatida, gagauz va moldovan tilida ta’lim bergan bolalar boxchasini ham xizmatga ochadi.

Oxirgi marotaba shu yilning iyul oyida telefon orqali muloqat qilgan Erdo'g’an bilan Dodon, munosabatlarni har tarmoqda mustahkamlash uchun kelishib olgan edilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar