Hulusi Akar:"Turkiya va AQSh qurolli kuchlari yaqinda Munbichda harbiy faoliyatlarni boshlaydi"

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Hulusi Akar:"Turkiya va AQSh qurolli kuchlari yaqinda Munbichda harbiy faoliyatlarni boshlaydi"

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan Ruminiya bosh vaziri Viorica Dancilaning prezidentlik saroyida bo’lgan matbuot anjumani oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Hulusi Akar Suriyaning Idlib viloyatidagi jarayon ma’lum reja asosida davom etganligini, Munbich viloyatida ham Amerika askarlari bilan qo’shma harbiy faoliyatlar yaqinda boshlanishini ma’lum qildi.

17 sentyabrda Rossiya bilan Sochida kelishib olingan bitim doirasida Idlibdagi qurollardan holi zonadan og’ir jangovar qurollarni bartaraf etish jarayoniga doir savolga javob bergan Hulusi Akar: “Barcha faoliyatlar rejalanganidek davom etmoqda. Majburiyatlarga sodiqmiz”,-dedi.

Turkiya va AQSh qurolli kuchlari tomonidan Munbichda amalga oshiriladigan mushtarak qo’shma harbiy faoliyatlar oldidan tayyorgarlik mashg’ulotlari qachon boshlanishiga doir savolga javoban Akar: “Yaqinda harbiy mashg’ulotlar yakunlanadi va hamkorlikdagi harbiy faoliyatlar boshlanadi”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: AQSh , Suriya , Hulusi Akar , Turkiya

Aloqador xabarlar