Turkiya Afg’onistonda sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoraladi

"Hujumda halok bo’lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Afg’oniston hukumatiga va qardosh afg’on xalqiga hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

1068334
Turkiya Afg’onistonda sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoraladi

Turkiya Afg’onistonning Tahar viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Afg’onistonning Tahar viloyatida o’tkazilgan saylovoldi mitingida sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoralaymiz. Voqeada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi va jarohatlanganligidan xavotirdamiz”,-deyiladi bayonotda.

Qolaversa, “Bu xoin terror hujumini qoralaymiz. Hujumda halok bo’lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Do’st Afg’oniston hukumatiga va qardosh afg’on xalqiga hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Afg’onistonning shimoli-g’arbida joylashgan Tahar viloyati Rustak tumanida saylovoldi mitingida sodir etilgan portlashda o'lganlar soni 14 kishiga yetgan, 35 kishi jarohatlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya , #hamdardlik

Aloqador xabarlar