Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroqda...

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Bog'dodga tashrifi chog’ida, Iroqda hukumatni tuzish vazifasi topshirilgan Odil Abdulmehdi bilan uchrashdi.

çavuşoğlu 2.jpg

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroq poytaxti Bog’dodga safar qildi.

Chavushog’li Xalqaro Bog’dod aeroportida Iroq tashqi ishlar vazirligi vakili Hazim Yusuf va Turkiyaning Bog’doddagi favqulodda va muhtor elchisi Fatih Yildiz tomonidan kutib olindi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri tashrifi chog’ida, Iroqda hukumatni tuzish vazifasi topshirilgan Odil Abdulmehdi bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuv Bog’doddagi “Yashil hudud”da matbuotga yopiq ravishda amalga oshirildi.

So’ngra, Milliy Hikmat oqimi yetakchisi Ammar al-Hakim bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuv ham matbuotga yopiq ravishda amalga oshirildi.

Bugun Mavlud Chavushog’lining Iroq prezidenti Berham Salih, bosh vazir Haydar al-Ibadiy, majlis rahbari Muhammad al-Halbusiy, “Bedir” tashkiloti yetakchisi Hadi al-Amiriy, iroqlik vakillar va turk jamiyatlari vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Chavushog’li Bog’doddagi uchrashuvlarni yakunlab, Nejef shahriga jo’nab ketadi va u yerda “Sadr” harakati yetakchisi Mukdeta as-Sadr bilan uchrashishi rejalangan.

Mavlud Chavushog’li Nejefda “Hazrat Ali” maqbarasini ham ziyorat qiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Bog'dod , Mavlud Chavushog’li , Iroq

Aloqador xabarlar