Prezident Erdo'g’an Malcolm Xning qizlari Qabilah va Ilyasahni qabul qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlariga bo’lgan tashrifi chog’ida Malcolm Xning qizlari Qabilah va Ilyasahni qabul qildi.

Qabulda Prezident Erdo'g’anning turmush o’rtog’i bilan birga qizi Esra Erdo’g’an va Esra Honimning turmush o’rtog’i G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak ham ishtirok etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka safar qilgan Prezident Erdo'g’an qabul ortidan, “Dunyo beshdan kattadir” deb nomlangan fotosuratiga qo’l qo’yib uni Qabilah va Ilyasahga taqdim etdi.

Malcolm Little 1940-yillarda qamoqxonaga tushib u yerda “Islom xalqi” bilan tanishdi va ismini “Malcolm X” deya o’zgartirdi.

Malcolm X, qora tanlilarning huquqlariga e’tibor qaratdi va Amerika xalqini haqiqiy islom dini bilan tanishtirishga harakat qildi.

AQShdagi irqchilikka qarshi kurashi bilan dunyoning yirik qismining hurmatini qozongan Malcolm X, 1965-yilning 21-fevrali kuni Nyu-Yorkda nutq so’zlar chog’ida qurolli 3 hujumchi tomonidan o’qqa tutilib, o’ldirildi.

Aloqador xabarlar