Prezident Erdo'g’an bugun AQShga jo’nab ketdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun Nyu-Yorkga uchib ketishdan oldin Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi xalqaro aeroportida matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdo'g’an bugun AQShga jo’nab ketdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlari tomonining tashabbusiga qarab Prezident Donald Trump bilan uchrashuv o’tkazishi mumkinligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etish uchun 23-27 sentabr kunlari AQShda bo’ladi.

Shu doirada Erdo’g’an bugun Nyu-Yorkga uchib ketishdan oldin Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi xalqaro aeroportida matbuot anjumani uyushtirdi.

Mazkur anjumanda Prezident Erdo'g’an BMTdagi sessiyadagi nutqida gumanitar inqirozga e’tibor qaratgan holda, ishtirokchi davlatlarni bu muammoni hal qilishgha chaqirajagini qayd etdi.

Erdo’g’an, Suriyaning kelajagi jihatidan eng yirik muammoning bugungi kunda ba’zi NATO bo’yicha ittifoqdoshlar ko’magi bilan ham keng tarqagan Firot daryosining sharqidagi PKK/ PYD terror tashkiloti ekanligini ifoda etdi.

Erdo’g’an Suriyadagi ichki urushning 7 yildan beri davom etishiga qaramay uni to’xtatish uchun hech kimning Turkiyachalik harakat qilmaganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

AQSh Prezidenti Donald Trump bilan uchrashuv o’tkazib o’tkazmasligi haqidagi savolga qarshi Erdo’g’an, “Hozircha bizning bunday rejamiz yo’q lekin AQSh tomonining tashabbusiga qarab uchrashuv o’tkazishimiz ham mumkin ” degan ifodalarga o’rin berdi.

AQShga bo’lgan tashrifi chog’ida investorlar bilan ham uchrashuv o’tkazajagini eslatgan Erdog’an, Nyu-Yorkdagi safari ortidan 27-29 sentabr kunlari Germaniyada bo’lishini; u yerda Bosh vazir Angela Merkel bilan chet elliklarga va musulmonlarga qarshi Yevropada ortgan dushmanlik masalalarini muhokama qilishini; hurmatli Merkelning bunga qarshi ekanligidan xabardorligi, bundan tashqari PKK va FETO kabi terror tashkilotiga qarshi faol kurash olib borish rejalarini ham Merkel bilan birgalikda qo’lga olajaklarini qayd etdi.

Erondagi teraktga ham to’xtalgan Erdo’g’an voqea haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilganligini ta’kidlagan holda, bunga ko'ra mintaqadagi xavfning yana-da ortganligini belgilab o’tdi.



Aloqador xabarlar