Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShga jo’nab ketmoqda

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 25 sentyabr seshanba kuni BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida nutq so'zlaydi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShga jo’nab ketmoqda

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun AQShga jo’nab ketmoqda.

Erdo’g’an 23 sentyabr yakshanba kuni Nyu-Yorkda bo’ladi.

Dastlab, Turkiya-Amerika milliy ijro komiteti tomonidan tashkil qilingan xalq majlisiga qatnashadigan Erdo’g’an 25 sentyabr seshanba kuni BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida nutq so'zlaydi.

Erdo’g’an o’z nutqida BMTdagi islohot talablarinini tilga olishi kutilmoqda.

U, shuningdek, BMT bosh kotibi, bir qator davlatlar rahbarlari va bosh vazirlari, AQSh ishbilarmon doiralari, musulmon va turk jamoatlari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.

Ma’lumotga ko’ra, Erdo’g’anning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi rejalashtirilmagan.

Biroq, 25 sentyabr kuni BMT bosh kotibi Antonio Guterres tomonidan beriladigan oqshom ziyofatida Tramp bilan yuzma-yuz uchrashishi taxmin qilinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: BMT , AQSh , Rajap Tayyip Erdo’g’an , Turkiya

Aloqador xabarlar