Rajap Tayyip Erdo’g’an:"Turkiyaning kelajagi bundan ham porloq va yorug’ bo’ladi”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Turkiyada faoliyat ko’rsatgan Amerika kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Rajap Tayyip Erdo’g’an:"Turkiyaning kelajagi bundan ham porloq va yorug’ bo’ladi”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Turkiyada faoliyat ko’rsatgan Amerika kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

2 soat 40 daqiqa davom etgan qabulda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank, savdo vaziri Ruhsar Pekjan bilan adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o’rinbosari Lutfi Elvan ishtirok etdi.

“AQSh bilan bo’lgan strategik hamkorligimiz barcha muammolarga qaramay, investitsiya va savdo vositasida yanada mustahkamlanadi degan umiddaman”,-dedi prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an.

Prezidentning ta’kidlashicha, bu uchrashuv tomonlarning bir-birini yanada yaxshi tushunib yetishiga va bir-birining ko’z-qarashlarini yana ham yaqindan o’rganishga imkon yaratadi.

16 yildan beri hukumatni boshqarib kelar ekan, bu vaqt mobaynida barcha hamkor davlatlar bilan muzokara o’tkazishga katta ahamiyat berganligini tilga olgan Erdo’g’an shunday dedi:  

“Sizlarga doimo eshigimiz ochiq. Sizlar Turkiyaning mintaqadagi ko’plab barqarorsizliklarga, to’qnashuvlarga va qiyinchiliklarga qaramay qanday ishlarni amalga oshirganligini yaxshi bilasiz. Hozirgi kunda duch kelayotgan muammolar biz uchun hal qilib bo’lmaydigan muammolar emas. Ko’rasiz, hali Turkiyaning kelajagi bundan ham porloq va yorug’ bo’ladi”.

 

 

 



Aloqador xabarlar