Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirgan chet elliklar Vanda qo’lga tushdi

Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirgan chet elliklar mamlakatning Van viloyatida qo’lga tushdi.

1050658
Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirgan chet elliklar Vanda qo’lga tushdi

Turkiyaning Van viloyatining Boshqal’a tumanida mamlakatga noqonuniy yo’llar orqali kirgan 72 immigrant qo’lga tushdi.

Tuman Jandarmeriya qo’mondonligi xodimlari Bebleshin va Guzeldere Jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan tashkil etilgan nazorat nuqtalaridan piyoda o’tishga harakat qilgan ikki guruhni to’xtatdi.

Nazorat chog’ida Afg’oniston va Pokiston fuqarosi ekanligi aniqlangan 72 kishining Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirganligi aniqlandi. Ular orasida 4 nafar ayol kishi bilan 2 nafar yosh bolaning ham borligi ma’lum bo’ldi.

Ularning hammasi Boshqal’a Davlat kasalxonasidagi tibbiy tekshiruvdan o’tkanidan keyin tumandagi Migratsiya boshqarmasiga topshirildi.

Turkiyaning Hatay viloyatining Altino’zu tumanida ham Suriyadan Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan 24 nafar immigrant qo’lga tushdi.  

Suriya chegarasida patrullik xizmati o’tayotgan hudud birliklari Altino’zu sahrosida, chegaraga noqonuniy yo’llar orqali o’tishga harakat qilayotgan bir guruhni aniqlagan.

Ortidan qo’lga tushgan va suriyalik ekanligi aniqlangan 24 kishi, so’roq uchun jandarmeriyaga topshirilgan.



Aloqador xabarlar