Erdo'g'an:"Idlibdagi vaziyat yomon oqibatlarga olib keladi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjon safaridan qaytishida jurnalistlarning Suriyadagi vaziyat bilan bog'liq savollariga javob berdi.

1050687
Erdo'g'an:"Idlibdagi vaziyat yomon oqibatlarga olib keladi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat davom etgan taqdirda, buning yomon oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Erdo’g’an bu haqda Ozarbayjon safaridan qaytishida jurnalistlarga bergan bayonotida ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida bo’lib o’tadigan uchrashuvda Idlib masalasi muhokama qilinishini ma’lum qilgan Erdo’g’an: “Idlibda muxoliflar orasidagi terror guruhlariga qarshi birgalikda kurashaylik. Lekin, turli bahonalar bilan u yerni portlatishga harakat qilmaylik”,-dedi.

Turkiyaning tashabbuslari bilan xozircha Idlibda vaziyat sokin ekanligini tilga olgan Erdo’g’an: “Turkiya vaziyatning siyosiy va gumanitar mas’uliyatini zimmasida ushlab turibdi. Mamlakatimizda 3 yarim mln qochqin bor. Agar, Idlibdan yana qochqin oqib keladigan bo’lsa, insonlar yana Turkiyaga sig’inadiganga o’xshaydi. Biz ba’zi chora-tadbirlarni olganmiz. Suriya tomonida ham ba’zi faoliyatlar amalga oshirilmoqda. Biz g’arb davlatlariga o’xshamaymiz. Bizning munosabatimiz ko’proq xalqni himoyalash bo’ladi. Biroq, buning yuki og’ir. Bu yukni ko’tarib turish oson emas. Sabr bilan buni hal qilishga g’ayrat qilamiz”,-dedi.

“Gumanitar yordamlarni yetkazish uchun Rossiya bilan hamkorlikda harakat qilinadimi?” degan savolga Erdo’g’an shunday javob berdi.

“Xozirda rejimning shafqatsizligini hamma bilib turibdi. O’rtada bir terror davlati bor. u yerdagi shafqatsizlikka qanday chora ko’ramiz? Koalitsiya kuchlari nima qiladi? Janob Putinning kelgusida bunga munosabati qanday bo’ladi? Idlibda muxoliflar orasidagi terror guruhlariga qarshi birgalikda kurashaylik. Birgalikda chora ko’raylik. Biroq, bahonalar bilan u yerni portlatmaylik”.

 



Aloqador xabarlar