Mudofaa sanoatida milliy loyihalar 6- qism

Mudofaa sanoatida ishlab chiqarilgan vao’zga xos uchuvchisiz havo vositalari va qurolli havo vositalari, bu sohada Turkiyani dunyoning  en  muhim  o’lkalari qatorida joy olishini ta’min etdi.

Mudofaa sanoatida milliy loyihalar 6- qism

Mudofaa sanoatida ishlab chiqarilgan vao’zga xos uchuvchisiz havo vositalari va qurolli havo vositalari, bu sohada Turkiyani dunyoning  en  muhim  o’lkalari qatorida joy olishini ta’min etdi.

Turk Harb- ish uyushmasi ta’lim mudiri  Tarkan Zenginning mavzu  bilan aloqali fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiya bir tomondan mudofaa sohasida kritik ahamiyatga ega strategik mahsulotlar ishlab chiqarar ekan boshqa tomondan global raqobatda o’lkamizni  eng yuqori  bosqichga ko’taradigan  mudofaa  mahsulotlarini mahalliy va milliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarib istiqbolga qarab  amin qadamlar  bilan ilgarilamoqda.

Turkiya bu sohada mustaqil siyosatlar yuritish bilan bir qatorda sotgan mahsulotlar bilan ham  iqtisodiyotga  katta hissalar qo’shmoqda. Turkiyaning muhim uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqarish hikoyasi ham qaramlilikdan  qutulish va iqtisodiyotga yangi hissalar qo’shishning  hikoyasidir.

Turkiyaning inventarizatsiyasida  1990larda joy olgan dastlabki uchuvchisiz havo vositalari Isroil tomonidan ishlab chiqarilgan Heronlar bilan AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan GHNAT modeli edi.

GNATning rivojlangan versiyalari bo’lgan Predator va Repaer qurolli uchuvchisiz havo vositalari, 2000- yillarda Turkiyaga sotishiga AQSh Kongressi ruxsat bermadi  ushu bois Turkiya,  o’z milliy uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqarish jarayoniga boshladi. Bugun Turkiyada mahalliy va milliy havo vositalar Anka va Bayraktar qo‘llanilmoqda.

Mudofaa sanoatida ishlab chiqarilagn IHA ( uchuvchisiz havo vositalari) va SIHA ( Qurolli uchuvchisiz havo vositalari), bu sohada Turkiya dunyoning  ilg’or o’lkalari qatorida o’rin olishini ta’min etdi. Turkiya bugun milliy texnologiya sohasida faoliyat yuritgan faol inson kuchiga egadir. Fursat berilganda yoshlarimiz nimalar qilishga qodir ekanini ko’ryapmiz. Mudofaa sohasida uzoq muddatli maqsadlarni  oldimizga qo’yib sabr bilan davom ettirilgan faoliyatlar natijasida olinadigan bir sektor.  Bugun milliy  uchuvchisiz havo vositalari qurolli uchuvchisiz havo vositalarda oxirgi 10 yilda  erishigan muvaffaqiyatimiz uzoq muddatli maqsadlarimizni ta’qib etishimizning bir natijasidir.

IHA va SIHAni  ishlab chiqargan va  muhim ishlarda katta roli bo’lgan Baykar guruhdan Selchuk Bayraktar, Uchuvchisiz havo vositalarining  hikoyasini shunday anglatadi: “Turkiyaning uchuvchisiz havo vositasini ishlab chiqarish uchun   tashlangan  qadam esa  kichik IHAlar bilan boshlandi. Kichik IHAlardan e’tiboran guruhimiz bilan yerda askar bilan birgalikda harbiy bazalarda samolyotlar uchgan yerlarda jiddiy faoliyat olib bordik.  

 Kichik  IHAda tasvirlarni  jonli ravishda birlashtirib xarita qilish xususiyatini qozondirdik.  

Bu dunyoda hech IHAda  ushbu  xususiyat yo’q edi. SIHAlarimizda dunyoda hech bir IHAda  mavjud bo’lmagan xususiyatlar mavjud. Bir qism xususiyatlar Afrin harakatida uzoq tajribalardan keyin hosil qilindi. Oxirgi  bir  yilda  ichida ayniqsa Ifrot qalqoni harakati bilan birgalikda juda farqli shartga  bilan duch kelgan  IHAlarimiz.” Bayraktar Kichik IHA va  Bayraktar Taktika IHA  bilan 2007- yilida Turk qurolli kuchlarining xizmatiga taqdim etilgan dastlabk,   havo vositasi tizimi bilan  IHAlar Bayrak guruh tomonidan ishlab chiqarilgan. Keyinchalik Taktika IHAlarni rivojlantirgan guruh mahsulotlarining xususiyatini shu shaklda anglatadi: Bayraktar kichik uchuvchisiz havo vositasi tizimi butunlay o’ziga xos  va  milliy ravishda rivojlantirib elektronika dastur va shakli moslamalar bilan Turkiyaning dastlabki kichik robot havo vosita  ishlab chiqardik. Buguncha 100,000dan ortiq operatsiya uchish sorti amalga oshirdi. Tizim qiyin geografk va metrologik sharoitlarda hatto foydalanilmoqda.

O’rta balandlik uzoq manzil salohiyatiga ega IHA kategoriyasiga mos ravishda ishlab chiqarilgan Taktika IHA tizimi  esa milliy va o’zga xos  to’liq avtomat tekshirish xususiyatlariga ( Taksi, parvoz, sayr, qo’nish va to’xtatish)  ega. Uch ehtiyoti  parovoz  tekshiruv tizim

arxitekturasi, noyob navigatsiya va sensorli termoyadroviy ilovalari hamda dunyodagi eng ilg'or texnologik  razvedka va kuzatuv vositasidir. Parvozlar testlari rasmiy delegatsiya tarkibida 2009 yil sentyabr-oktyabr oylarida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Harbiy   Harakatlarda  juda samarali foydalandi

Turkiya mamlakat bo’ylab chet elda yuritgan terrorga qarshi kurash operatsiyalarning yutuqli bo’lishida IHA va SIHAlar juda katta  rol o’ynadi. Bayraktar TB2 IHAlar, 2015dan beri terror operatsiyalarida foydalanilmoqda. TB2 IHAlar  ovozi  eshitilmasdan, o’zi ko’rinmasdan, juda balandlikda,  juda  sezgir tasvirlar olish salohiyatiga egadir, ayniqsa Efrot qalqoni va Zaytun novdasi harbiy harakat kuzatish va otash jihatdan katta hissa qo’shdi. Bayraktar TB2 IHAlar, bugungacha juda muhim sonda terroristni aniqlash va yo’q qilish uchun  ishlatildi. Zaytun novdasi harakat bo’yicha yo’l olgan harbiy birliklar oldidagi tahdidlar va terroristlarning  boshpana sifatida  foydalangan  ko’p sonda g’ar va tunnellar, IHAlar tomonidan aniqlandi. Belgilangan ko’plab tahdid va terrorist SIHAlar bilan yo’q qilindi.

IHAlar  bilan SIHAlarning ta’sirini orttirish uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqarilmoqda. Baykar Guruh va sheriklari mobil jonli efirga uzatish dasturi KUZGUNni ishlab chiqardi. Dastlabki  Efes 2018da  Birlashgan mushtarak  fe’li otishli harbiy mashg‘ulotda foydalanildi. Kuzgun, IHAlardan kelgan jonli efir tasvirlarini  mobil  jihozlar orqali  tomosha qilish mumkin. Mavjud vaziyatda harbiy birlikalarda kuzatilgan IHA yoki SIHAlar tasvirlarni  Kuzgun dasturi  yordami bilan mintaqada favazifada olib borayotgan  guruhlardagi mobil jihozlarga moslashtiradi. Shunday qilib mintaqadagi xavfsizlik  xodimlariga har lahza tasvirlar yuborib terror bilan kurashda muhim fursatlar ta’min etadi. Inson havo vositalari texnologiyasida dunyoning juda kam o’lkalari qatorida joy olgan Turkiya bu sohada yangi maqsadi uchuvchisiz jet loyihasidir, qisqa zamonda IHAlarda muhim muvaffaqiyatlarga erishgan Turkiya, yangi maqsadini amalga oshirish potensialiga egadir.      

Turk Harb- ish uyushmasi ta’lim mudiri  Tarkan Zenginning mavzug  bilan aloqali fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 



Aloqador xabarlar