Reyhanlidagi teraktni rejalashtirgan terrorist Turkiyaga olib kelindi

Terrorist sudga bergan birinchi ma’lumotida Reyhanlidagi 53 kishining umriga zomin bo’lgan hujumni Suriyaning razvedka boshqarmasi buyrug’i bilan amalga oshirganligini bo’yniga oldi.

reyhanli saldiri.jpg

Bundan roppa-rosa 5 yil muqaddam 2013-yili Turkiyaning Hatay viloyatining Reyhanli tumanida uyushtirilgan teraktning rejalashtiruvchisi terrorist Yusuf Nazik Milliy razvedka xizmati tomonidan Suriyada qo’lga tushirilib, Turkiyaga olib kelindi.

Terrorist sudga bergan birinchi ma’lumotida Reyhanlidagi 53 kishining umriga zomin bo’lgan hujumni Suriyaning razvedka boshqarmasi buyrug’i bilan amalga oshirganligini o’z bo’yniga olgan holda,

“Suriya davlatiga ham shuni aytmoqchimanki Turkiya buyuk davlatdir. Shunday ekan bunga bir kunmas bir kun albatta javob berasiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Reyhanlidagi hujumda hujumchilarga yo’l ko’rsatkan va ularning Suriyaning razvedka boshqarmasi bilan aloqa o’rnatishiga yordam bergan Yusuf Nazik yashiringan Lazkiya shahrida Turkiya Milliy razvedka tashkiloti tomonidan alohida amaliylot olib borildi.

“Qidiruvdagi terroristlar” ro’yhatining “ko’k” rangdagi kategoriyasida o’rin olgan Yusuf Nazik, Milliy razvedka tashkiloti a’zolari tomonidan olib borilgan mazkur amaliyot orqali qo’lga tushirilib, ishonchli yo’llar orqali Turkiyaga olib kelinib so’roq qilindi.

Terrorist Nazik oldingi so’roq chog’ida Suriyaning razvedka xizmatidan olgan buyruq natijasida Turkiyada hujum uyushtirish uchun kashfiyot faoliyati olib borganligini, portlaguvchi moddalarning Suriyadan Turkiyaga olib kelinishi va ta’minlanishi ishlarini amalga oshirganligini bo’yniga oldi.

Shuningdek, Reyhanli teraktida o’rin olgan Mihrach Ural haqida ham batafsil ma’lumotlar berdi.

Teraktda ishtirok etib ortidan qochib qolgan boshqa jinoyatchilarni ham taslim bo’lishga chaqirgan terrorist o’z so’zining davomida antakiyalik ekanligini ma’lum qilgan holda, oilasi haqida ma’lumot berdi. Reyhanlidagi hujumni do’stlari bilan birgalikda uyushtirganligini ham bo’yniga oldi.

Mazkur hujum haqidagi buyruqni Suriya razvedkasidan olganligini belgilab o’tgan terrorist,

“Turkiya davlatidan qochib qutilomadim, pushaymonman. Meni qo’lga tushirib Suriyadan olib keldilar. Suriyadagi do’stlarimni taslim bo’lishga chaqiraman. Bizni Turk davlati, o’z davlatimiz qutqaradi. Suriya davlatiga ham aytmoqchimanki Turkiya buyuk davlatdir. Bunga bir kunmas bir kun baribir javob beramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Terroristlarni qo’lga tushirish uchun olib borilgan mazkur amaliyotda razvedka yoki logistik jihatdan dunyoning hech qaysi davlatidan yordam olinmagan. Aniqlash, kuzatish, qo’lga tushirish va Turkiyaga olib kelish ishlari butunlay Turkiyaning razvedka xizmatiga oiddir.   

 



Aloqador xabarlar