Prezident Erdo'g'an Amerikaning har yil FETOga bergan to'lovlariga to'xtaldi...

Prezident Rejeb Tayyib Erdo'g'an, AQShning FETOga har yil 800-850 million dollar to'laganini izohladi.

Prezident Erdo'g'an Amerikaning har yil FETOga bergan to'lovlariga to'xtaldi...

Prezident Rejeb Tayyib Erdo'g'an, Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh), FETOga har yil 800-850 million dollar to'laganini izohladi.

Erdo'g'an, Turkiyaga tashrif etgan Benin davlat rahbari Patrice Talon bilan yakkama yakka va hayatlararo uchrashuv o'tkazgandan keyin mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdo'g'an, "Bu tashkilot, bir virus kabi, bir davlatga, har tomonga, har turli shaklda, sizib kirmoqda. Xuddi shunday Beninga ham kirganlar. Maorif Fondi vakilimiz, o'tgan oy vazifaga boshladi. Umid qilamizki, FETOning o'lkadagi (Benin) aloqalarini tezda belgilaymiz" dedi.

FETOning, Turkiyada qanday qilib davlat organlariga sizib kirgan bo'lsa Beninda ham ayni yo'lni izlashiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, quyidagicha so'zladi: "Amerikada, o'ziga (FETO to'daboshi) ta'minlangan 400 sotiqlik maydondan tashkilot ishlarini boshqarib kelmoqda. Yillik chartek maktablaridan Amerika bu tashkilotga 800-850 million dollar to'lomoqda. Buni asosan bilish kerak. Bu tashkilotning ortida nimalarning bo'lganini, kimlarning bo'lganini bilish uchun bunga ahamiyat beramiz" deb so'zladi.

 



Aloqador xabarlar