Turkiya va Rossiya prezidentlari bugungi munosabatlardan mamnun...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya va Rossiya prezidentlari bugungi munosabatlardan mamnun...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Erdo'g'an bilan Putin o'rtasida bo'lib o'tgan suhbatda ikki davlat o'rtasidagi o'zaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha fikr almashildi.

Ikki yetakchi Turkiya-Rossiya o'rtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlarining bugungi holatidan, qolaversa mudofaa sanoati va energiya sohalaridagi hamkorlikning davom etishidan mamnun ekanligini tilga oldilar.

Bundan tashqari, ikki yetakchi Suriya inqirozi va bunga taalluqli Astana muzokaralariga doir o'zgarishlarni muhokama qildi.

 

 



Aloqador xabarlar