Turkiya tashqi siyosatiga nazar 30-qism

Dasturimizning bugungi sonida Tramp-Putin uchrashuvi va bu uchrashuvning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’sirini muhokama qilamiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 30-qism

                 

Xelsinkida bo’lib o’tgan Tramp-Putin uchrashuvi nafaqat ikki mamlakatda, balki xalqaro hamjamiyatda katta tortishuvlarga sabab bo’ldi.

Dasturimizning bugungi sonida Tramp-Putin uchrashuvi va bu uchrashuvning Turkiya tashqi siyosatiga ko’rsatgan ta’sirini muhokama qilamiz.

2018 yil 16 iyul kuni dunyo ajabtovur uchrashuvga guvoh bo’ldi. Liberal dunyo tartibining asoschisi va yetakchi davlatlardan biri bo’lgan AQShning prezidenti Donald Tramp bilan bu tartibga oxirgi yillarda qattiq bosh ko’targan Rossiyaning prezidenti Vladimir Putin Finlandiya poytaxti Xelsinkida uchrashdi.

Tramp bilan Putin o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv Trampning g’arblik ittifoqdoshlari bilan orasiga nifoq solgan bir qancha ifodalaridan so’ng amalga oshdi. Ochiqchasi bu o’zgarishlar g’arb blokida yoriq paydo qildi. Qiziqarlisi shundaki, AQSh bilan ittifoqdoshlari o’rtasidagi bo’linish Trampning azaliy raqiblari bo’lmish Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya kabi davlatlar bilan aloqalarini yaxshilashga harakat qilgan bir paytga to’g’ri keldi. Bu o’zgarishlar tufayli xozirda Yevropada AQShning liderlik qobiliyati va erkinligi xususida jiddiy tortishuv ketmoqda.

Xelsinkidagi uchrashuvdan so’ng, Tramp AQShning 2016 yilgi saylovlarga Rossiyaning aralashganligi haqidagi turli iddaolarga munosabatini bildirdi. Tramp AQSh razvedka xizmatining hisobotiga emas, Putinning bu mavzudagi so’ziga ishonishini tilga olishi amerikaliklarni yanada g’azablantirdi. AQSh xalqining katta qismi Trampga e’tiroz bildirdi. Bu e’tirozlar oldida Tramp so’zini tuzatishga majbur bo’ldi. Biroq, Trampning so’zi unchalik ishonarli emas edi, shubhalarni bostirishga yetmadi.

Uchrashuvning ikki soatlik mahfiy bo’limida nimalar muhokama qilindi, qaysi mavzularda savdolashildi bu ma’lum emas. Putin ham, Tramp ham uchrashuvlarning muvaffaqiyatli o’tganligini aytdi.

Uchrashuv yakunida matbuot anjumani o’tkazgan ikki yetakchi Suriya masalasi bo’yicha aytgan fikrlari, ikki yetakchining ba’zi xususlarda kelishib olganligini ko’rsatadi.

“Gumanitar yordam faoliyatlari bo’yicha hamkorlik” kelishib olingan mavzulardan biridir. Yana bir mavzu “Isroil-Suriya chegarasida xavfsiz hudud tashkil qilish” va “Eron-Hizbulloh kuchlarining bu hududdan uzoq turishini ta’minlash”. Zero, Putin ham izohida Isroilning chegara xavfsizligiga ahamiyat berishini ma’lum qildi.

Turkiyani to’g’ridan qiziqtirgan jihat Suriya shimolining statusi, PKK-YPG terror tashkilotlarining taqdiri va chegara xavfsizligi bo’yicha nimalar gapirildi, bular haqida biron rasmiy izoh bildirilmadi.

Xelsinki uchrashuvi Turkiyani to’g’ridan qiziqtirmagandek ko’rinsa ham, aslida siyosiy, harbiy va iqtisodiy natijalari jihatidan Turkiyaga katta ta’sir ko’rsatadi. Chunki, Turkiyani yaqindan qiziqtiradigan xusus shundaki, Tramp va Putin Suriya bilan Eron masalasida qanday reja ishlab chiqadi, bu mavzuda kelishib olindimi yoki yo’qmi, agar kelishib olingan bo’lsa buning tafsiloti qanday?

Isroil matbuotida o’rin olgan xabarlarda ikki yetakchi Eronning Suriyadagi faoliyatini kamaytirish evaziga AQShning Suriyani tark etishi xususida kelishib olganligi iddao qilinmoqda. Bundan tashqari, Eronning atom dasturi bo’yicha kelishuv yo’q. Ikki tomon ham ma’lum pozitsiyasini saqlab qolgan.

AQSh 2015 yilda imzolangan hujjatning yetarsiz ekanligini ilgari surmoqda. Rossiya esa, Yevropa Ittifoqi davlatlari kabi hujjatni yetarli deb topmoqda.

Tramp bilan Putin uchrashuvi Rossiyaning Suriyadagi bosh aktyor ekanligini isbotladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Lekin, ikki yetakchi xozircha Suriya masalasi bo’yicha dangal savdolashganligini ayta olmaymiz.

Xa darvoqe, Putin Isroilni tinchlantirish uchun Eronni cheklash xususida ba’zi ishoralarni berdi. Lekin, bu Eronning butkul Suriyani tark etadi degan ma’noni bildirmaydi. Boshqa tomondan Eron bu mojarolarda ishtirok etish uchun Rossiya bilan diplomatik muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tramp o’z davlat ma’muriyatidagilarni darg’azab qilib bo’lsa ham Putin bilan iliq munosabatda bo’ldi. AQSh ma’muriyatida aks etgan ma’lumotlarga ko’ra, Tramp ayni shaklda oraga hech kimni qo’shmasdan to’g’ridan prezident Erdo’g’an bilan ham iliq munosabat o’rnatmoqchi. Mana bu shaklda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni qayta tiklamoqchi. Tramp hukumatiga yaqin mutahassislar AQSh prezidentining nimalar qilayotganligini yaxshi biladigan, aqlli, avtoritar, zarur joyda risk oladigan davlat arboblarini juda yaxshi ko’rishini ta’kidlaydilar. Shu sababli Tramp prezident Erdo’g’an bilan ham Putin bilan bo’lganidek o’zaro kelishib muammolarni hal qilishni rejalamoqda.

NATO sammitida Erdo’g’an bilan Tramp o’rtasidagi samimiy salomlashish AQShda “Tramp Putin bilan bo’lganidek, Erdo’g’an bilan ham to’g’ridan shaxsiy aloqa o’rnatishga zamin tayyorlamoqda”,-deya mulohaza qilindi.

Trampning: “Davlat vakillarining qarshiligiga qaramay, buni Putin bilan uddaladim, Erdo’g’an bilan ham bo’lishi mumkin”,-degan fikrni hayolidan o’tkazganligi ehtimoldan holi emas. Biror, Putin masalasida davlat vakillarini bir chetga surgan Tramp Erdo’g’anga ham ayni munosabatni ko’rsatsa AQSh davlati ichida ko’pchilikning e’tirozlariga duch kelishi mumkin.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: Rossiya , AQSh , uchrashuv , Xelsinki , Donald Tramp , Vladimir Putin

Aloqador xabarlar