"Turk oqimi" tabiiy gaz liniyasining Kirklarelidan o'tadigan quvurlari joylashtirila boshladi

Loyihaga ko'ra, dengiz tubidan olib o’tiladigan liniya uchun 2.4 kmlik chuqurlar qaziladi.

1017603
"Turk oqimi" tabiiy gaz liniyasining Kirklarelidan o'tadigan quvurlari joylashtirila boshladi

Rossiya tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazadigan "Turk oqimi" tabiiy gaz liniyasining Kirklareli viloyati Kiyiko’y sohilidagi qurilish ishlari kecha boshlandi.

Faoliyatlar doirasida dengiz tubidan olib o’tiladigan liniya uchun 2.4 kmlik chuqurlar qaziladi.

Quvurlar kuchli to’lqinlardan va baliqchilik faoliyatlaridan zarar ko’rmasligi uchun qazilgan chuqurlar ichiga joylashtiriladi. Bu faoliyatlar taxminan 8 haftagacha davom etadi.

Dunyoning eng yirik inshoot kemasi “Pioneering Spirit” 26 iyunda ikkinchi liniyani joylashtirish faoliyatlarini boshlagan edi.

Faoliyatlar to’xtovsiz davom etmoqda.

Rossiyaning Qoradengiz sohilida joylashgan Anapa shahri yaqinlarida davom etayotgan faaoliyatlar ham yakunlanish arafasida.

Loyihaga ko’ra, tabiiy gaz yetkazish jarayoni 2019 yil oxirlarida boshlanadi. Faoliyatlar reja asosida davom etmoqda.

Rossiya tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazadigan "Turk oqimi" tabiiy gaz liniyasi ikki tarmoqdan iborat bo’lib, har biri yilda 15.75 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazish hajmiga ega.


Tanlangan kalimalar: #Turk oqimi , #quvur tarmoq , #Rossiya , #tabiiy gaz

Aloqador xabarlar