Turkiya hazina va moliya vaziri Berat Albayrak G-20 sammitida ma'ruza qildi
Albayrak ma’ruzasida Turkiya iqtisodiyoti mustahkam rivojlanishda davom etayotganligini ma’lum qildi.
Turkiya hazina va moliya vaziri Berat Albayrak Argentinada bo’lib o’tayotgan G-20 sammiti doirasidagi “Global iqtisodiy tahlikalar” nomli anjumanda so’zga chiqdi.
Albayrak ma’ruzasida Turkiya iqtisodiyoti mustahkam rivojlanishda davom etayotganligini ma’lum qildi.
Shuningdek, tobora yuksalib borayotgan himoyachilik siyosati global iqtisodiyot uchun salbiy ta’sir ko’rsatayotganligini ta’kidlab o’tdi.
Turkiya iqtisodiyotiga qisqacha to’xtalib o’tgan Albayrak: “Turkiya iqtisodiyoti mustahkam rivojlanish yo’lida davom etmoqda. Iqtisodiy poydevorimiz mustahkamlanar ekan, bu umidni yanada kuchaytiradi”,-dedi.
Turkiyaning boshqaruv shaklida katta o’zgarishlar yuzaga kelganligini anglatgan Albayrak ba’zi vazirlik va tashkilotlar qaytatdan isloh qilinganligini va vazirlar mahkamasida o’rin olgan vazirlar soni 26dan 16 nafarga qisqarganligini ta’kidladi.
“Turkiyada byudjet tartibini saqlashga, inflyatsiyaga qarshi kurashga va strukturaviy islohot kun tartibini amalga oshirishga harakat qilyabmiz”,-dedi Berat Albayrak.
Bundan tashqari, Berat Albayrak G-20 sammiti doirasida o’tkazilgan “Poydevorning moliyaviy manba kategoriyasiga aylanishiga doir yo’l haritasini belgilash” deb nomlangan anjumanda ham so’zga chiqdi.
U ma’ruzasida Turkiyaning yuqori sifatli poydevor loyihalarini amalga oshirishda uzoq muddat davom etayotgan muvaffaqiyatli jarayonga ega ekanligini bildirdi.
Albayrak Turkiyaning geopolitik joylashuvi, strategik ahamiyati va yuqori sifatli poydevori bilan bir qatorda, barqaror muhiti bilan investitsiyalar uchun ishonchli manzilga aylanganligini tilga oldi.