Kipr tinchlik harakatida ustuvorlik diplomatiya...

Turkiya Kipr tinchlik harakatidan oldin xalqaro shartnomalar doirasida kafolatchi davlatlar va oroldagi yetakchilar ishtirokida diplomatik tashabbuslarni jadallashtirdi.

Kipr tinchlik harakatida ustuvorlik diplomatiya...

Kipr tinchlik harakati jarayonida ustuvorlik diplomatiya bo’ldi.

Turkiya Kipr tinchlik harakatidan oldin xalqaro shartnomalar doirasida kafolatchi davlatlar va oroldagi yetakchilar ishtirokida diplomatik tashabbuslarni jadallashtirdi.

Turkiya Kipr xalqiga erkinlik, tinchlik va farovonlik olib kelish maqsadida bundan 44 yil muqaddam amalga oshirilgan Kipr tinchlik harakati jarayonida, xalqaro shartnomalar doirasida kafolatchi davlatlar va oroldagi yetakchilar ishtirokida diplomatik tashabbuslarni tezlashtirdi.

Diplomatik sa’y-harakatlar o’z natijasini bermagach, Turkiya qurolli kuchlari tomonidan 1974 yil 20 iyul kuni boshlatilgan tinchlik harakati orolga farovonlik olib keldi.

Harakatdan oldin Kiprdagi vaziyat…

Turkiya va Yunoniston 1959 yilning 11 fevral kuni qabul qilgan Buyuk Britaniya va Kiprdagi ikki jamiyatning yetakchilari tomonidan tasdiqlangan Zurih va London bitimlari, mustaqillik, ikki jamiyatning hamkorligi, ommaviy maydonda avtonomiya va yechimning Turkiya, Yunoniston va Buyuk Britaniya tomonidan faol kafolat tamoyillariga tayanardi.

Orolning ikki xalqi o’rtasida hamkorlikni asos qilib olgan xalqaro bitimlarga muvofiq, 1960 yilda “Kipr Respublikasi” tashkil topdi va konstitutsiyada oroldagi Kiprlik turk var um xalqlariga teng siyosiy haq va status berildi.

Bunga qaramay, Kipr rum tomoni Kipr turklarini davlat tashkilotlaridan chetlatish, yakkalash, oroldagi faoliyatlarini to’xtatish va Yunoniston bilan birlashish (Enosis) yo’lini ochishga doir tashabbuslarni qo’l urdi.

Kipr Respublikasi, Kiprlik Rumlarning 1963- yili zo’ravonlik bilan konstitutsiyani bekor qilingach bartaraf etildi.

Enosis maqsadida yetish uchun qurollangan Rumlar, Yunoniston bilan birga 1974- yiligacha Kiprlik turklarga hujum, sobim va zulm etishga davom etdi.

 

Harbiy harakatga majburlagan jarayon

Kiprlik Turklar 1960- yili vujudga kelgan mushtarak davlatdan chetlangandan keyin Kiprlik Rumlar orasida firk o’zgachaliklari boshladi.

EOKA  a’zoklari o’rtasida chiqgan farqli fikrlar, Turkiyaning oraga kirishidan tortingan va Turklarga iqtisodiy jihatdan bosim qilishga uringan Rum rahbar Makarios va tezda bir samara olishni havasida bo’lgan sobiq xuntachilar ham oralarida bo’lgan EOKA-B a’zolarini bir biriga qarama qarshi qilgan.

Yunon xuntasining dastagi bilan 1974- yil 15- Iyul kuni EOKA rahbari Nikos Sampson, orolni Yunonistonga bog’lash maqsadida Makariosni to’ntarib qisqa muddatda bo’lsa ham boshqaruvni qo’liga olib Kiprning suvireniteti va tuproq yaxliligiga putur yetkazgan bo’ldi.

 

Turkiyaning harbiy operatsiyani boshlatishdan avval olib borgan diplomatik say harakatlari...  

Turkiya, 1960- yili tuzilgan Kafolat Shartnomasi doirasida avvalambor huquqiy mas’uliyatlarini bajo keltirish uchun faoliyatga o’tgan.

Bu doirada 1974- yili 17-18 Iyul kunlari Angliya bilan Turkiya harbiy to’ntaruvdan keyin tashlanadigan qadamlar London bilan maslahat qilingan. Ushbu maslahat chog'ida, kafolatchi davlat sifatida Yunoniston ham taklif etilgan lekin, Yuonistondagi xunta boshqaruv uchrashuvlarga qatnashmagan.

U davr Bosh vaziri Bulent Arinch bilan Angliya Tashqi ishlar vaziri James Callage o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Angliyaga mushtarak operatsiya o’tkazish taklif qilingan.

Turkiya Angliyadan salbiy javob olishi ortidan Kafolat shartnomasi va oroldagi turklarning xavfsizligini ham e’tiborga olgan holda 1974-yilning 20-iyuli kuni Kiprning tinchilig uchun orolda tinchlik harakati boshlatdi.  

Bu orqali Kiprning Gretsiya tarkibiga kirishiga to’siqlik qilindi va kiprlik turklar xavfsizlik ostiga olingan bo’ldi.

Kiprning kelajagi uchun boshlatilgan mazkur tinchlik harakati shu bilan birga Gretsiyadagi xunta hukmronligining o’z nihoyasiga yetishiga va mamlakatda demokratiyaning o’rnasihga ham yo’l ochdi.   

Tinchlik harakatining ikkinchi bosqichidan oldin ham diplomatik say-harakatlar davom etdi

Turkiya, 1974-yilning 20-iyuli kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining 353 sonli qarori bilan Angliya va Gretsiyani, “takror tinchlik o’rnatish uchun muzokara yuritishni boshlatishga” chaqirdi.  

Buning ustiga uchta kafil mamlakat 1974-yilning 25-iyulidan boshlab 30-iyuligacha Jenevada yig’ilish o’tkazdi va uch kafil mamlakatning tashqi ishlar vazirlari 1974-yilning 30-iyuli kuni Jeneva deklaratsiyasiga qo’l qo’ydi.

Mazkur deklaratsiyada gretsiya va kiprlik greklar tomonidan bosib olingan turk anklavlarining tezlik bilan boshatilishi va orolda tinchlikning va konstitutsiyaviy tartibning takror o’rnashini ta’minlash uchun tashqi ishlar vazirlari o’rtasida muzokaralarning davom etilishi ko’zda tutildi.

Undan tashqari deklaratsiyada oroldagi turk va greklar uchun alohida-alohida ikkita avtonom boshqaruvining borligi printsipial ravishda tan olindi.

Konferentsiyaning 9-avgust kuni boshlagan ikkinchi bosqichida Gretsiya, orolda yangi konstitutsiyaviy tartibning tashkil etilishi haqidagi barcha takliflarni rad etdi va konstitutsiya masalasida kelishib olinadigan bir mavzu uchun shart qo’shdi va unga ko’ra turk askarlari orolni tark etishi kerak edi.  

Gretsiyaning, “1960-yildagidek taklif qilingan hech qaysi yechimni qabul qilmasligini” ma’lum qilishiortidan konferentsiya, 14-avgust kuni natijasiz qoldi va Kiprning tinchligi uchun harbiy harakat takror boshladi.

Mazkur harakatning muvaffaqiyatli yakunlashi ortidan 1975-yilning 13-fevrali kuni Kipr Turk Federal davlati tashkil topdi. Majlisda qabul qilingan qaror bilan 1983-yilning 15-noyabri kuni esa Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga asos solindi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: Turkiya , Kipr tinchlik harakati

Aloqador xabarlar